Talaba qancha nochor yashasa ham, domlalarni boqishga qurbi yetadi...
Ikki dugona suhbatidan.
— Erimning omadi yurishgani-yurishgan. Kechagina hayotini sug‘urta qildirgan edi. Bugun boshiga g‘isht tushib kasalxonada behush yotibdi...
Ona-tili darsida o‘qituvchi oxirgi partada sarimsoq yeb o‘tirgan boladan:
— "Ovchi miltiq o‘qladi" - degan gapni kelasi zamon fe’lini topchi, - desa.
Haligi bola:
— Gumburrr-gummbuurrr, - dermish.
— Oyi, ko‘chaga chiqib o‘ynasam, maylimi?
— Shu kir quloqlaring bilanmi?
— Yo‘q, o‘rtoqlarim bilan.
Xotin eriga:
— Keling, ertaga ikkimiz "mehmon-mehmon" o‘ynaymiz!
— Ho‘sh, mehmon kim bo‘ladi?
— Albatta, men. Siz mezbon sifatida uylarni yig‘ishtirib, ovqat pishirib turasiz.
Kechqurun soqolini olib, atir sepib, galstuk kostyum kiyib olgan er oyna oldida o‘ziga oro berar ekan, xotinidan so‘rabdi:
— Azizim, agar bugun tongacha tungi klubda qolib ketsam qarshimasmisan?
— Ketavering, jonginam, men shoxingizdan ushlab turganim yo‘q-ku...
— Hayotimda 3 ta ayol bor ular: onam, xotinim va qizim, - deb intervyu bergan qo‘shiqchiga, buvisidan sms kelibdi:
— Pensiya pulimga obergan sovg‘alarim teshib chiqsin!
O‘t o‘chiruvchi yong‘in haqida xabar bergan kishidan so‘radi:
— Yong‘in bo‘layotgan joydan kabob hidi kelyaptimi?
— Yo‘q, sezmadim...
— Demak, jabrlanganlar yo‘q!
— Oyijon, bugun maktabimizda bitirish kechasi bo‘lib o‘tadi. Brilliant uzugimni taqsam maylimi?
— Yo‘q! Mumkin emas!
— Nega endi mumkin emas?! Yangi yilga sovg‘a qilingan tilla zanjirni taqish mumkin emas, 8 martda sovg‘a qilingan "Matiz"ni minish mumkin emas — buvimnikida chang bosib yotibdi. Sakkizta lama paltoim bor, birortasini kiyib ko‘chaga chiqqanim yo‘q! Qachon mumkin bo‘ladi, qachon?!
— Ona qizim, adang nafaqaga chiqqandan so‘ng! Hozircha u oddiygina DAN xodimi, shuning uchun mumkin emas!
— Agar dekan aytgan gapini qaytib olmasa, — bir talaba ikkinchisiga arz qilyapti, — men universitetdan ketaman.
— Qiziq, u senga nima dedi?
— “Yo‘qol universitetdan!”