Bir odam veterinarni mazah qilmoqchi bo‘libdi:
— Siz mol doktorimisiz?
— Ha, qayeringiz og‘riyapti?
Er-xotin dam olgani sayyohatga chiqishmoqchi bo‘lishibdi. Eri uch kun oldin borib, joy band qilib, keyin xotinini chaqirishini aytib jo‘nab ketibdi. Borib joylashib olibdi-da, internetdan xotiniga xat yozvaribdi. Lekin eri yozgan xat yanglishib, hozirgina erini ko‘mib kegan xotinning pochtasiga kelib tushibdi.
Azador ayol chalg‘ish uchun pochtasiga kirib xatni o‘qibdi-yu, hushidan ketib yiqilibdi. Monitorda esa quyidagi matn turardi:
"Salom azizam! Mensiz zerikib qolmadinmi? Kelib joylashib oldim. Bu yerda internet juda yaxshi ishlar ekan. Sharoitlar zo‘r! Lekin sensiz tatimayapti. Senga ham joy buyurtirib qo‘ydim. Tezroq kelaqol!”.
O‘qilmagan kitoblar qasos oladilar. Masalan, Jinoyat Kodeksi, benzopila bilan foydalanish yo‘riqnomasi..
Qish. Jinnixonadan jinnilar yarim oqshom qochib chiqishib, jinnixona omborxonasining tomiga olov qo‘yishibdi. Buni ko‘rgan doktorlar o‘t o‘chiruvchilarga xabar berishibdi. Yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar birinchi bo‘lib tomdagi jinnilarni qutqarmoqchi bo‘lishibdi. Shunda jinnilardan bittasi ularga qarab:
— Ha, yaramaslar biz qiynalib o‘t yoqqanda birontang yo‘q eding. Endi isinmoqchimisizlar? Yo‘qolinglar isinishga qo‘ymaymiz, - dermish.
Afandi bir kuni oyna topib olibdi. Unda o‘zini ko‘rib:
— Iya, bu siznikimi mavlono, kechirasiz, - debdi.
Xotin eriga telefon qilayapti:
— Dadasi tez yetib keling uyimiz yonayapti!
— Uyda kim bor?
— Onamlar bor, uxlayotgan edilar.
— Bo‘lmasa sekinroq gapir, uyg‘otib yuborasan!
Oddiy askar Kayfiyev bir qadam oldinga. Kecha yana ichibsiz, agarda ichishni tashlasangiz sizga serjant unvonini beraman.
Kayfiyev javob beribdi:
— Serjant unvonini nima qilaman, ichsam o‘zimni Generaldek his qilaman-ku.
Bir kun ertalab qizcha dadasidan so‘rabdi
— Dada asalniyam oyog‘i bo‘ladimi?
— Yo‘q qizim nimaga bunaqa deyapsan?
— Kecha kechqurun oyimga "asalim oyog‘izni ko‘taring" dedizku,- debdi.
Afandi charchab uzoq yo‘ldan kelar edi. Yo‘lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko‘zi tushib qoldi va undan iltimos qildi:
— To‘nimni olib ketmaysizmi?
— Mayli,— rozi bo‘ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo‘yishim kerak?
— To‘nimning o‘zi otdan tushib, uyni topib ketadi.
— Masxarabozlikni qo‘ying, Afandi, hech jahonda to‘n ham uyini topib keta oladimi?
— Axir, uning ichida o‘zim bo‘laman-da!— dedi Afandi.
Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi.
— Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini.
Er bo‘lsa unga:
— Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.