Ikki dugona suhbatidan
— Bosadigani uchta bo‘lishi kerak. Senda esa kam ekan. Haydab bo‘lmaydi buni.
— Menda avtomat.
— Qo‘rqitmoqchimisan?!
Avtobusda:
— Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi.
— Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi.
— 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
Bir darvesh, daydi odam ko‘chada ketayotsa, ko‘prik ustida joniga qasd qilmoqchi bo‘layotgan yigitga ko‘zi tushibdi.
Darvesh yigitni yoniga kelib:
— Menga qara! Sen baribir o‘lmoqchisan. Shu ust-boshingni menga yechib bera olmaysanmi? Meni kiyimlarim judayam iflos va badbo‘y bo‘lib ketdi, - desa, yigit:
— Yo‘qol! Sen iflos va jirkanchsan! Meni kiyimlarimni olmaysan! - desa, darvesh xotirjam:
— Mayli. Tezroq sakra! Men seni pastda kutaman! - dermish.

Bir odam mazza qilib uxlab yotgan ekan, xotini uni uyg‘otib "TUring, uyqu doringizni ichib oling" degan ekan.

— Matros, hammasi yaxshimi?
— Ha kapitan, hammasi a’lo! Vahimaga o‘rin yo‘q! Faqat biz cho‘kyapmiz...

Apreldan buyon tuppa-tuzuk taqib yurgan bir marttalik maskamni iplari uzilib ketsa bo‘ladimi...!

Qamoqxona boshlig‘i:
— Xo‘sh mahbuslar! Bugundan boshlab qamoqxonada uch martta ovqatlanish tartibi joriy qilindi.
Mahbuslar:
— Qoyil!!! Zo‘r-ku!
Qamoqxona boshlig‘i:
— ya’ni dushanba, chorshanba, juma!
Ikkita ovsin suhbati:
— Oldingizda 2 ta qop turibdi deylik. Bir qop tilla bilan bir qop aql.
Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
— Aqlni tanlagan bo‘lardim, - debdi ovsin o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib.
— Hamma o‘ziga yetmaganini oladida, - debdi ovsini.
— Ma’ruzachi ichkilikning zarari to‘g‘risida ajoyib ma’ruza qildi, to‘g‘rimi? Hozir borib buni o‘ziga aytaman.
— Siz u bilan tanishmisiz?
— Bo‘lmasamchi!? Har kuni birga ichamizku!
Qadim zamonda podshoh birining saroyi oldida xalq yig‘ilib, shovqin-suron ko‘taribdi.
Podshoh ayyonlardan so‘rabdi:
— Tashqarida nima bo‘lyapti?
— Xalqingiz sizga minnatdorchilik bildirish uchun kelibdi, - debdi ayyonlar.
Podshoh:
— Nega ular "Bo‘ldi bas!", "Yetar!", "Ortib ketdi" deb baqirishyapti, - desa, ayyonlari:
— Hamma narsa yetarli, ortig‘i bilan muhayyo, to‘kin-sochinlik bo‘lgani uchun aytishyapti bu so‘zlarni, - degan ekan.