Qo‘shni ayolning “Erimdan ko‘ra o‘g‘limni ko‘proq yaxshi ko‘raman!” degan gapini eshitib ensam qotadi...
Ishi chiqib qolsa, o‘g‘lini yetaklab chiqib, “Qarab turing” deb tashlab ketadi-yu, erini tashlab ketolmaydi.
Kichkina bolakay oyisiga debdi:
— Oyijon, men o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim...
Onasi debdi:
— Men esa seni kir yuvish mashinasini ichida ko‘rgandim.
Uchrashuvga chiqgan yigit va qiz suhbati:
Yigit:
— Ko‘proq uyda nimalar bilan bandsiz?
Qiz:
— Shu..., deyarli oshxonadan chiqmayman.
Yigit:
— O-o! Ovqat tayyorlashni yoqtirasizmi?
Qiz:
— Yo‘g‘-ye, yeyishni!
Telefonimdagi budilnik soatini ertalabki 6:00ga to‘g‘rilab qo‘ydim.
Lekin o‘zim 5:55 da uyg‘onib, budilnikni o‘chiraman. Chunki unga “Ummon”ni ashulasini qo‘yganman...
Bir odam Afandiga:
— Yangisidan eshitaylik... – desa, Afandi:
— Ertalab nonushta qilib o‘tirsam, tepa tishim bilan past tishim bitta non ustida urishib yotibdi, - debdi.
Bir odam radioga telefon qilibdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha, radio!
— Salomlaringiz bo‘lsa marhamat yo‘llang.
— Meni bir iltimosim bor edi. Hovlimdagi supada mayizlar bor. Ularni quyoshda qurityapman. Radioni supamga qo‘yib bozorga ketsam, kelgunimcha har zamonda qushlarga “kisht-kisht” deb tura olasizlarmi...?!
Sovchilar:
— O‘g‘limizni bir aybi bor. Duduqlanadi.
Qizni onasi:
— Har doimmi?
Sovchilar:
— Yo‘q, faqat gapirganda.
Bir kuni yosh kelin o‘zini xonasida dam olib yotgan ekan. Qaynonasining jahli chiqib, hovlida uxlab yotgan mushukni yoniga kelib “Uxlab yotaverasanmi?!” deb ura boshlabdi.
Bir payt shovqindan kelini uyg‘onib chiqib, hovlida yurgan itni bir tepibdi.
Qaynonasi:
— Nega bechora itni tepasiz? – desa, kelin:
— Yo o‘zi uxlamaydi vovullab, yo boshqalarni uxlatmaydi, - dermush.
Bir kishi 7-qavatdagi uyida sigaret chekib bo‘lib, axlat chelagi yoniga borishga erinib, qoldig‘ini ochiq derazadan pastga uloqtirgan ekan, pastda turgan kichkina bolakay debdi:
— Amaki, bunaqa qilish mumkin emas. Bu yomon odat!
Bu gapni eshitgan kishi erinmasdan kiyimlarini kiyib, 7-qavatdan pastga zinadan tushib ketayotganmish “Bir ta’ziringni berib kelay sen bolani. Hali senmi menga aql o‘rgatadigan”! deb.
— Odiljon, sen kimning gapini ko‘proq eshitasan, adangnimi yoki oyingnimi?
— Oyimni.
— Nega?
— Oyim ko‘proq gapiradilar-da.