Shifokor qabuliga kelgan bemor:
— Judayam semirib ketyapman. Nima qilsam bo‘ladi?
— Jismoniy mashqlarni ko‘proq bajaring!
— Shundoq ham ishga piyoda borib-kelaman.
— Bu kamlik qiladi. Ertalab va kechqurungi tiqilinch vaqtda avtobusga chiqib turing!
Odatda qizi bor onalar:
— Qizim 17 yoshda. Birortasi qizimni boshini aylantirmasin-da...!
— Qizim 30 yoshda. Qizim birortasini boshini aylantirsa edi...!
Bir odam yangi ishga kiribdi. Nuqul ishxonaga bir yigit soat 11:00 da kelib, kompyuterda o‘tirib, biror ish qilmasdan ketaverarkan.
U odamniyam jahli chiqib, ertasi kuni u ham soat 11:00 da kelsa, unga hayfsan berishibdi.
— Nimaga? Anavi yigit har kuni 11:00da ishga keladi. Unga hech narsa demaysizlar-ku! - desa, boshlig‘i:
— U yigit mehnat ta’tilida-ku! - degan ekan.
Agar er-xotin urushib qolsa, xotin "Onamnikiga ketaman" deydi.
Ichkuyov bo‘lsa, er nima derkin?!
Vrach bemor erkakni ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, tashqariga chiqib terishini so‘rabdi va bemorni xotini bilan gaplashib olishi kerakligini aytibdi.
— Eringizni ahvoli jiddiy! – deb gap boshlabdi vrach. — Agar uzoq umr ko‘rishini xohlasangiz, unga faqat yaxshi gapirish, mazali taomlar tayyorlab berishingiz, dam olishini ta’minlashingiz, eng muhimi asabiylashmasligi kerak! – debdi.
Xotin vrachni xonasidan chiqib, eri bilan uyga ketayotsa, yo‘lda eri so‘rabdi:
— Vrach nima dedi xotin?
— Sizni uzoq yashamasligingizni aytdi, - debdi xotini.
Ikkita qozoq qiz:
— Dugonajon, seni yigiting qachon olib qochadi-yu, to‘y qilasizlar?
— Bilmadim, hozircha faqat gapni olib qochyapti!
Barakalla o‘quvchim! Bugungi uy vazifalaringga 5 baho. Adangga uy vazifalarini bajarishga hech kim yordam bermadimi?
— Toza havoda miyamiz yaxshi ishlashi rostmi do‘stim?
— Bilmadim. Bu yil institutga kirib ketsam keyin aniq aytaman.
— Seni puldan boshqa darding bormi?
— Ha! Qayerdan pul topish dardi!
Qurilish maydoni. Tepadan pastdagi sherigiga g‘isht tashlagan ishchi uni chaqiryapti:
— Qosim! Qosim!?
— ...
— Tashlagan g‘ishtimni ushlab oldingmi?
— ...
— Tepadan senga g‘isht tashladim. Ushlab oldingmi?
— ...
— Ushlab olmaganga o‘xshaydi...!