Bir kuni hayvonlar sigirdan so‘rashibdi:
— Ayt-chi, sen aqillimisan yoki echkimi?
— Albatta men! Mana masalan, katta yo‘ldan o‘tayotganda men har tarafga qarab, keyin o‘taman, - debdi sigir.
— Echki-chi? – deyishibdi hayvonlar.
— U bo‘lsa molga o‘xshab o‘tib ketaveradi, - javob beribdi sigir.
Talabalar shiori:
3 baho oladiganlar: 3 qo‘y lekin mani tinch qo‘y!
4 baho oladiganlar: Yetsa bilim, yetmasa pulim!
5 baho oladiganlar: Harajatsiz harakat 0 ga teng!
Ruscha: Poka!
Nemischa: Wiedersehen!
Inglizcha: Seye you!
Turkcha: Güle güle!
O‘zbekcha: Bo‘pti gaplashamiz! Uydagilarga salom deb qo‘y! Uyga o‘t, choy ichamiz...
Suqrotga:
— Qara, odamlar ortingdan seni haqorat qilishyapti, - deyishibdi.
Shunda Suqrot:
— Ortimdan bo‘lsa kaltaklashsa ham mayli, - degan ekan.
— Cheburashka, meni eshityapsanmi? – debdi timsoh Gena.
— Esing joyidami? Menga yaxshilab qaraganmisan o‘zi? Qanday qilib seni eshitmasligim mumkin?!
Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Adam siz bilan uchrashib, yaqindan tanishmoqchilar.
— Nega? Axir kecha qo‘lida bolta ushlab, meni rosa quvladilar-ku?
— Adam yugurish bo‘yicha sport ustasi. Sizga yeta olmabdilar. Shunga sizni yoqtirib, uchrashib ko‘rmoqchilar-da.
Bir kun xotin eridan so‘rabdi:
— Dadasi nega uxlamadiz? - desa, eri:
— Instadaman, - debdi.
Shunda xotin:
— Unda meni yangi rasmimga layk bosib yuboring! - dermish.
Xotinim-yurist, xotinimning akasi-prokuror, opasi-yuridik fanlari nomzodi, qaynotam-bosh prokuror, qaynonam-yurist maslahatchi.
Xudo ko‘rsatmasin, xotinim bilan ajrashadigan bo‘lsam...
Qiz:
— Meni sevasizmi?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Menga uylanasizmi?
Yigit:
— Yo‘g‘eye! Mening sevgim abadiy!
Restoranda ikkita o‘zbek ofitsiantga buyurtma berishyapti:
— Bizga choy-poy, non-pon, ovqat-povqat olib keling.
Nariroqda o‘tirgan rus ayol ularni gapini eshitib:
— Nimaga sizlar har bir so‘zga qo‘shimcha qo‘shib gapirasizlar? Choy, non, ovqat desangiz bo‘lmaydimi? Agar gaplaringizga qo‘shimcha qo‘shmasdan gapirsangiz, bir tarelka tilla beraman, - debdi.
Shunda o‘zbeklardan biri:
— Tarelka-parelkasi bilan berasizmi? - dermish.