Xitoyliklar suratga tushgani suratxonaga kelishibdi. Suratkash hammasini bir chetdan rasmga ola turib, — Hammangizni yuzingiz bir xil-ku? Bittangizni rasmingizni chiqarib beraveraman-da?!, - deb ayyorlik qilibdi. Xitoyliklardan biri, — Buni meni suratim emas!, - debdi.
Suratkash:
— Yuzingiz shumi?, - desa,
Xitoy:
— Ha, lekin ko‘ylak boshqa-ku", - dermish.
Xotin huddi DAN xodimiga o‘xshaydi. Bosh og‘ritib gapiradi, pulingni oladi, kayfiyatingni buzadi... Eng yomoni — baribir ayb topadi!
O‘g‘li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so‘ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so‘rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so‘rayman? Gunohim nima?
— Uzr so‘ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so‘ragin.
— Xo‘p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo‘ladi. Hech qanday sababsiz uzr so‘rashni o‘rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo‘ladi.
Hayvonlarni ilmiy tekshirish instituti xodimi suvaraklar ustida tadqiqot olib borayotgan ekan. Laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun uyidan besh-o‘nta suvaraklarni ushlab, gugurt qutisiga solibdi-da, ishxonaga yo‘l olibdi. Biroq o‘sha kuni uyga qaytmabdi. Havotir olgan xotini militsiyaga xabar beribdi, qarindoshlari, erining do‘st-u birodarlaridan surishtiribdi. Hech qayerda yo‘q emish. Oxiri kasalxonalarni qidirib yursa, bosh-oyoq gipslangan erini topibdi. Eridan:
— Sizga nima bo‘ldi?, - deb so‘rabdi xotini.
Eri esa:
— Aniq esimda yo‘q. Ishga ketayotsam, ko‘chada bir barzangi yigit gugurt so‘ragan edi. Gugurt qutisini uzatganimni eslayman xolos..., - debdi.
— Behuda kutyapsan, bolam. Bu avtobus faqat bayram kunlari yuradi, - dedi kampir bekatda turgan o‘smirga.
— Bugun mening tug‘ilgan kunim, - dermish bola ham...
Ashaddiy futbol muhlisi bo‘lmish Abduraim tog‘adan jurnalist intervyu olmoqda:
— Abduraim tog‘a, futbol terma jamoamiz haqida nimalar deya olasiz?
— So‘kinib gapirsam bo‘laveradimi?
— Yo‘g‘-a, axir bizni millionlab odamlar tamosha qilishadi-yu!
— Unaqada, hech narsa deyolmayman.
Uchta hindu gaplashmokda:
Birinchisidan so‘rashibdi:
— Seni isming nima?
— Iztopar.
— Nimaga iztopar?
— Odam va hayvonlarni izidan topganim uchun.
Ikkinchisidan so‘rashibdi:
— Seniki nima?
— Ucharot.
— Nimaga ucharot?
— Otdan ham tez yugurganim uchun.
Uchinchisidan so‘rashibdi:
— Seni o‘zingni isming nima?
— Lochinko‘z.
— Nega lochinko‘z?
— Buni tarixi uzun, angliyaliklar bizga hujum qilib, ko‘pchiligimizni asirga olib, qamoqqa tashlashdi. Oradan bir hafta o‘tib, atrofimizda to‘siq yo‘qligini birinchi men ko‘rgandim. Shuning uchun ismim Lochinko‘z.
— Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qilsam ekan, nevaraginam?
— MP3 qo‘shiq yozilgan disk sovg‘a qila qoling, enajon.
— Senga qanaqasi yoqishini bilmayman-da.
— Eshitib qo‘ring-da, o‘zingizga yoqmaganlarini tanlab olavering.
Er xotin spalniyda yotishibdi.
Xotin:
— Dadasi, uxlayapsizmi?
— Yo‘q.
— Xohlaysizmi?
— Ha.
— Unda uyqu dori ichib yoting!
Agarda eringiz yirtiq yoki har xil rangdagi noski kiyib yurishdan uyalmasa, bilingki u oyoq kiyimini faqatgina o‘z uyida yechadi...