Erkak dinozavr xotiniga:
— Kel yonimga.
— Yo‘q.
— Kel endi bir marta, yo‘q demagin.
— Yo‘q dedimmi yo‘q!!!
Shunday qilib yer yuzidan dinozavrlar butkul yo‘q bo‘lib ketishdi...
O‘g‘il:
— Dada menga 5000 so‘m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so‘m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O‘g‘il:
— Men bilan uxladilar...
Bitta bola mast holatda, tungi klubga kirib barmenga:
— Ukam menga 1 metr aroq ber, - debdi.
Barmen hayron bo‘lib:
— Okam bizda aroqlar metrlab emas, litrlab sotiladi, - desa
— Menga 1 metr berasan, - deb turib olibdi.
Barmenni kallasi ishlab stolning ustiga bir metr uzunlikda aroq to‘kib:
— Mana oka, o‘lchab oling, - debdi
Mast bola, o‘lchab bo‘lib:
— Endi gazetaga o‘rab ber, - dermish...
— O‘rtoq kapitan, bir haftaga ruxsat bersangiz, xotinim farzandlik bo‘lishi kerak edi.
— Mayli, ruxsat.
Bir haftadan so‘ng.
— Xo‘sh, soldat Sotvoldiyev o‘g‘ilmi qizmi?
— Bilmadim, o‘rtoq kapitan. 9 oydan kyeyin ma’lum bo‘ladi.
Uchta yigit mototsiklda ketishyapti. O‘rtadagisi duduq ekan. Duduq:
— T-t-t-t-t...
Ruldagi:
— Tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Yanayam tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan ham tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan tez yurolmayman!
— T-t-t-t-t-yeshavoy tushib qoldi!!!
— Oyijon, siz farishtalar uchib ketadi degan edingiz-a?
— Ha, qizim.
— Dadam xizmatkor opani "farishtam” — dedi. Xizmatkor opa endi qachon uchadi?
— Iye, rostan-a? Unda bugunoq uchadi.
Bir alkash uyida akvariumni urib sindirmoqchi bo‘lsa, ichidagi baliq tilga kirib:
— Ey, to‘xta sindirma, men o‘lib qolaman o‘ldirmasang uchta tilagingni bajo keltiraman debdi.
Alkash o‘zi kayfda, bu yoqda baliq gapiryapti, qotib qolib, nima so‘rashni o‘ylayetgan paytda, xotini kelib:
— Dadasi men bitta tilak aytay, siz ikkitasini aytasiz, - debdi.
Alkash:
— Mayli ayt.
Xotini:
— Erim doim mani o‘ylasin, fikru hayoli doim manda bo‘lsin, faqat va faqat men haqimda o‘ylasin desa.
Alkashni xotini bir butilka aroqga aylanib qolibdi.
Bir boyvachcha rusning qizi dadasiga:
— Dada, men erga tegayapman!
— Kimga?
— Popga.
— Nima aqldan ozdingmi? Popni nima qilasan?
— Dada bu sevgi, yuragimga buyruq berolmayman axir
— Kechki ovqatga olib kel uni, men bir gaplashib ko‘raychi.
Kechki ovqatda suhbat boshlanibdi.
— Xo‘sh kuyov bola, mani qizimni bitta kiyimi 10000$ turadi, har haftada almashtiradi. Qanday olib berasan?
— Xudoyim o‘zi yordam beradi.
— Har haftada bir marta Parijda sochini turmaklatadi, bunichi?
— Xudoyim o‘zi yordam beradi
— Qizim faqat Ferrari minadi, har yarim yilda yangi modelidan oladi, buni nima qilasan?
— Xudoyim o‘zi yordam beradi.
Ovqatdan keyin pop ketibdi. Qizi dadasidan so‘rabdi:
— Xo‘sh dada kuyov sizga yoqdimi? Qanday ekan?
— O‘ziku toza laqma ekan, lekin meni xudo deb bilayotgani menga yoqdi.
Chiroq "E" ovozi bilan o‘chsa, bilingki xojatxonada kimdir bor.
Afandi yo‘lda ketayotgan edi. Bir sipohi kelib undan so‘radi:
— Qayerga ketyapsiz?
— Shaharga.
— Ilgari ham shaharda bo‘lganmisiz?
— Ko‘p marta bo‘lganman.
— Qalay, bizning shahar sizga yokdimi?
— Yo‘q, ma’qul bo‘lmadi. Qarovsiz, iflos, qimmatchilik...
— Odamlari qalay?
— Shaharning boylari qupol, firibgar, ochko‘z ekan.
— Shaharning begi to‘g‘risida nimalar bildingiz?
— Shahari shu bo‘lsa, uning begi nima bo‘lar edi! Mol egasiga o‘xshamasa, harom o‘ladi. Bekni xam o‘ta ketgan zolim, maishatparast odam deydilar.
Sipohining quti o‘chdi, mo‘ylablarini burab, ko‘zlarini chaqchaytirdi va dag‘dag‘a bilan dedi:
— Men bu shaxarning begiman!
Afandi darrov so‘rashgani qo‘l cho‘zib:
— Salomatmilar? Yaxshiyam shaharning begi to‘g‘risidagi gaplarga ishonmaganim.— dedi.