Sevgan qizim bilan IMOda gaplashib o‘tiribman. U bir daqiqaga turib ketgandi, monitorda otasi ko‘rinib qoldi:
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
Bir kishi xotinini stomatologga olib boribdi. Stomatolog hazillashib:
— Kenayi, tishlaringizni eringiz urib to‘kib tashladimi? - debdi. Shunda ayolni eri:
— Uka, seniki hozircha butun ekan. Tilinga ehtiyot bo‘l! - dermish.
— Futbolchilar gol ura olishmasa, "oyoqlari qiyshiq" deymiz.
Balki ularning ko‘zlari g‘ilaydir!?
To‘rtta farzandi bor erga xotini:
— Tuzlangan qulupnay yegim kelyapti adasi, - deyishi bilan er hushidan ketib qolibdi...
— Yaxshi qiz, siz bilan bugun biror joyda uchrashsak bo‘ladimi?
— Keling, ertaga uchrashamiz... Bugun erimni tug‘ilgan kuni edi, bolalarni bog‘chadan olishim kerak!
Bir kuni afandining xotini chuchvara tugib o‘tirsa, yoniga mushugi kelib suykalibdi. Xotini uni bir tepib, haydabdi. Mushuk qasd olmoqchi bo‘libdi.
Chuchvara pishgach, afandi endi yemoqchi bo‘lib turgan ekan, mushugi unga ham suykala boshlabdi. Afandi birinchi chuchvarani mushukka bersa, mushuk chuchvarani yeb, o‘zini o‘lganga solib yerga yotib olibdi.
Afandi xotiniga:
— Meni o‘ldirmoqchi bo‘ldingmi?, - deb baqira ketibdi.
Mushuk esa bitta ko‘zini ochib:
— Ajab bo‘pti, - dermish.
O‘qituvchi to‘polonchi o‘quvchining tanobini tortib qo‘yish uchun unga savol beribdi:
— Qani, menga osmonda nechta yulduz borligini aytib ber-chi.
— Yuz mingta yulduz bor, - ikkilanmay javob beribdi o‘quvchi.
— Yaxshi. Kechqurun sanab tekshirib ko‘raman.
Ertasi kuni o‘qituvchi yana o‘sha o‘quvchini savolga tutibdi:
— Javobing noto‘g‘ri ekan. Osmonda 9997 ta yulduz chiqdi.
O‘quvchi chapak chalib yuboribdi:
— Aytgandim-ku, yuz ming yulduz bor deb. Kecha tunda uchta yuldzuz uchganini qo‘shsangiz javob to‘g‘ri bo‘ladi.
Afandi o‘g‘li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o‘tib qolibdi. O‘g‘li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Nima dada, u amaki kalligini o‘zi bilmaydimi?, - dermish.
Er xotinini chaqirib:
— Senga necha martta aytaman yopib yur deb. Nuqul ochiq qolaveradi. Beparvosan! Uyat emas-mi?, ... Yana non qotib qolibdi!
Bir kuni afandi yangi telefon sotib olibdi.
Lekin telefoni yarim yil jiringlamabdi, hech kim telefon qilmabdi.
Bir kuni tongda uxlab yotsa, telefoni jiringlab qolibdi. Shunda afandi xursandchilikdan raqsga tushib ketibdi. Yarim soat jiringlabdi. Oxiri afandi, — Mayli javob beray-chi, kim ekan?, - deb qarasa, budilnik ekan...