Qish, izg‘irin sovuq ekan. Ko‘chada ikkita eshak ketayotsa, yonidan kalta yubka kiygan bir qiz o‘tib ketibdi.
Shunda birinchi eshshak ikkinchisiga qarab:
— Qara, bizdan ham terisi qalin jonivorlar bor ekan-a? - dermish.
Bir kuni jinnixona boshlig‘i jinnilarni sinash uchun hammasiga bo‘sh likopcha berib:
— Ovqatinglarni yeb olinglar, - debdi.
Hamma jinnilar lipopchani taqillatib ovqatlanayotgan harakat qilaverishibdi.
Faqat bittasi yemasdan o‘tirsa, boshlig‘i:
— Nega ovqatingni yemading? - desa, jinni:
— Bular jinni-da, issiq ovqatni yeyishyapti. Men sovisa yeyman, - dermish.
Er-xotin va qizi ovqatlanayotgan ekan, onasi qiziga:
— Qizim senga nima bo‘ldi? Juda xomushsan, ovqatingni yegin, - desa, eri xotiniga:
— Shuniyam bilmaysanmi? Qizingni erga berish kerak, - debdi. Oyisi yana qiziga:
— Ol qizim, ovqtingni yegin, kasal bo‘lib qolasan axir, - desa, eri yana xotiniga:
— Buningni dardi ma’lum, erga berish kerak! - debdi.
Onasi yana qiziga:
— Qizim hozir ovqating sovub qoladi, - desa, qizi:
— Uf-f-f oyi, birpas jim turing! Dadam gapirsinlar! - dermish.
Qulog‘i eshitmay qolgan otaxon vrach qabuliga kelib uchragan ekan. Vrach unga no‘xatday keladigan Yaponiyada ishlab chiqarilgan apparatni cholning qulog‘iga o‘rnatib beribdi. Orada bir oy o‘tib, vrach choldan xabar olish uchun qo‘ng‘iroq qilibdi:
— Otaxon, apparat yaxshi ishlayaptimi? Oila a’zolaringiz nima fikrda? - desa, chol kulib:
— Hammasi yaxshi. Uydagilar eshita boshlaganimni bilgani yo‘q. Lekin bir oy ichida vasiyatnomamni uch martta o‘zgartirdim..., - dermish.
Yigit sevgan qiziga:
— Men seni sevaman!
— Bu gapingizni yana kimlarga aytgansiz?
— Hammaga.
— Hammaga?!
— Seni sevishimni hammaga aytganman-da!
11:00 — boshim og‘rib ketyapti...
23:00 — o‘zimni juda tetik his qilyapman.
Ikki ulfat ko‘l bo‘yida gaplashib o‘tirishsa, Xammer mashinasida bir boy kelib debdi:
— Yigitlar, ko‘lni qayeri sayoz? Mashinamda narigi qirg‘oqqa o‘tib ketmoqchiman.
— Mana bu yeridan o‘tsangiz bo‘ladi, - deb javob berishibdi.
Boy Xammerida ko‘lga qarab haydabdi-yu, shu zahoti cho‘kib ketibdi. Bir amallab suzib chiqqan boy:
— Sayoz degandilaring-ku!? - desa, ulfatlar hayron bo‘lib:
— Hozirgina shu yerdan bir to‘da o‘rdaklar o‘tib ketishgandi-da..., - dermish.
Yosh bola do‘konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to‘ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo‘q, - debdi-yu, asalni qayta to‘kib olibdi.
Do‘kondan chiqqan bolakay qo‘lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo‘lib.
Mayxonada aroq ichib, kayfiyatsiz o‘tirgan kishi yoniga bir odam kelib:
— Nima bo‘ldi og‘ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o‘n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish.
Bir bemor dorixonaga kirib:
— Iltimos, yo‘talga qarshi samarali dori bersangiz?
Sotuvchi bemorga ichni suruvchi dori beribdi.
Bemor:
— Men yo‘talyapman, qabziyat bo‘lganim yo‘q!
Dorixonachi:
Shu doridan ichib yursangiz, yo‘talishga ham qo‘rqib qolasiz...!