Agarda eringiz yirtiq yoki har xil rangdagi noski kiyib yurishdan uyalmasa, bilingki u oyoq kiyimini faqatgina o‘z uyida yechadi...
Shoshilinch yordam shifoxonasi. Vrach kelgan kasallarni ko‘ra boshladi. Hammasi bosh jarohati bilan.
Birinchi kasaldan so‘radi:
— Nima bilan urishdi?
— Skovorodka bilan...
Ikkinchisidan so‘radi:
— Siznichi?
— Skovorodka bilan...
Uchinchisi ham, 4-si ham, 5-ham shu javobni berdi.
— Nima balo epidemiyami bu? - hayron bo‘ldi vrach.
— Yo‘q, hov anavi komada yotgan odamni ko‘ryapsizmi? O‘sha xotinidan qochib yig‘ilib turgan odamlar orasida yashirinmoqchi bo‘ldi. Odamlar esa biz edik..
Ona qizidan so‘radi:
— Nega Ahmadjon degan yigitga turmushga chiqishni xohlamayapsan?
— Oyi, axir u mallasoch-ku!
Ota gapga aralashdi:
— O‘sha yigitga turmushga chiqaver, qizim! Sen bilan bir yil yashasa, sochi oqarib ketadi, javob!
— Misr ehromlarini kim qurgan bo‘lsa ham iltimos:
— Kelib bizlarni ko‘chalarni ham qurib beringlar...
Bir kuni o‘qituvchi dars o‘tib turganida 3ta o‘quvchi kechikib kelibdi. O‘qituvchi 1-o‘quvchidan:
— Sen nega kechikib kelding ?
O‘quvchi:
— Men bozorda poyabzal sotaman, shuning uchun kechikdim, - deb javob beribdi
O‘qituvchi xursand bo‘lib:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi
2-o‘quvchidan so‘rabdi:
— Sen nega kechikib kelding?
O‘quvchi:
— Men bozorda gazlama sotaman, - deb javob beribdi
O‘qituvchi yana:
— Razmerimni bilasana? - deb kiritibdi.
3-o‘quvchidan so‘ramasdan joyiga o‘tkazgan ekan...
O‘quvchi:
— Ustoz men go‘rkovman, sizning razmeringiz nechi? - deb so‘rabdi.
Faraz qiling inson 1000 yil yashasa qanday bo‘larkin! Ota o‘g‘lini so‘kyapti: Padaringa la’nat, 670 yildan beri ichasan, hech ichkilikni tashlamaysan, o‘g‘ling sendan bezib Rossiyaga ketganiga 215 yil bo‘ldi, katta o‘g‘ling 480 ga kirdi hali o‘ylamaysan, qizing 270 ga kirdi qachon erga berasan, kichik o‘g‘ling 113 ga kirdi, sunnat to‘yiniyam qilmading!
Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbatidan:
— Nima jinoyat qilganding?
— Bankdan pul o‘g‘irlaganim uchun 8 yil berdi. O‘zingni nega olib kelishdi?
— Toza havo kirsin deb deraza ochganimga 20 yil berdi
— Shunga xam yigirma yil beradimi, bu jinoyat emasu
— Ha, to‘g‘ri, men suv osti kemasida ishlardimda!
Bir bo‘ydoq bola o‘rmonda siqilib yurib o‘zini osmoqchi bo‘lib tursa Yalmog‘iz kampir kelibdi
— ha bolam ne o‘zini osmoqchisan disa?
— bu hayotda yashagandan nima ma’no?! Uyim, pulim, sevganim, moshinam, bo‘lmasa nima qilaman, osamanda debdi.
Shunda Yalmog‘iz kampir etibdi:
— Men shulani hammasini beraman o‘rmonni boshiga chiqsen yosh qiz, mashina, pul va 2 etajli uy bo‘ladi faqat bitta shartim bor:
— Nima?
— Meni bitta o‘pseng bo‘ldi.
Bola o‘piptiyu yuguripdi.
Kampir bolam yoshing nechida disa.
— 30 da debdi
Shunda kampir 30 ga kirgan bo‘ydoqla haliyam ertakga ishonarkande debdi.
Bir kuni er kechasi ichib kelib tualetga borib xotinini oldiga yugurib kelib:
— Onasi hojatxonaga jin kirib olibdi, - desa
Xotini:
— Nima bo‘ldi? - debdi.
Er:
— Hojatxonani eshigini ochsam, chirog‘i yonayapti, eshigini yopsam chirog‘i o‘chayapti, - debdi
Xotin:
— Obbo, yana sovutgichni hojatxona bilan adashtiribsiz-a, - dermish
Talaba imtihonda domlani hech qaysi savoliga javob berolmabdi.
Shunda domlani jahli chiqib zachotkasiga "eshak", - deb yozib bersa
Talaba qo‘liga olib o‘qib turib:
— Domla ismingizni yozibsizu lekin bahoim qani? - dermish.