Qiz sevgan yigitiga:
— Jon, znayesh? Dunyoda takiye veshi bor, luchshe ularni bilmagan yaxshi, - debdi.
Yigit:
— Bunga o‘zbek tili grammatikasi ham kirsa kerak?! - dermish.
General bir guruh praporshikning zehnini sinovdan o‘tkazmoqda:
— Ostonada bir juft qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Sukunat.
— Eh galvarslar! Bir juft botinka! Endi qiyinroq savol byeraman: eshik yaqinida to‘rtta qop-qora, yaltiroq buyum yotibdi. Nima u?
Yana sukunat.
— Eh sen, kallavaramlar! Axir bu ikki juft botinka-ku. Xo‘p, mayli, yanada qiyinroq savol beraman: botqoqda yashaydi, rangi yashil, vaqirlagani-vaqirlagan.
Nihoyat praporshiklardan biri qo‘l ko‘tarib:
— Uch juft botinka, o‘rtoq general, - dermish.
Ayolga vrach:
— Sizda ortiqcha vazn bor! - desa, ayol:
— Ortiqcha emas, zahiradagisi! - dermish.
Bir qiz dugonasiga debdi:
— Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so‘rayman.
— Nega ahmoq?
— Senga uylanadigan yigit ahmoq bo‘ladi-da!
Ishga kirish oldidan suhbat:
— Ijobiy xislatlaringiz?
— Qat’iyatlilik!
— Mayli boravering. O‘zimiz siz bilan bog‘lanamiz!
— Rahmat. Shu yerda kutib turaman...
Yosh bola bozorda oyisini yo‘qotib qo‘yib, yig‘layotsa, bir odam uni ovutmoqchi bo‘lib:
— Agar oyingni yubkasidan ushlab yursang, uni yo‘qotib qo‘ymasding, - desa, bola xo‘rsinib:
— Ushlamoqchi edim, qo‘lim yetmadi, - dermish.
Hind kinolaridagi qahramonlardan o‘rnak olish kerak! Bir talay muammosi bo‘la turib, ashula aytib, raqs tushib yurishadi-ya...
Ertalabki tig‘iz payt. Toshkent avtobuslari yo‘lovchilar bilan to‘la!
— Akrom aka, to‘xtab turing! Odam kevatti! - baqiribdi avtobus chiptachisi haydovchiga, uzoqdan yugurib kelayotgan yo‘lovchini ko‘rib.
Bir-ikki soniya ham o‘tmay:
— Akrom aka, haydang, ketdik. Proyezdnoy ekan...!
Vokzal oshxonasida ovqatlanayotgan bir xo‘randa:
— Ofitsiant, meni ovqatimni nega buncha kam suzdingiz?
Ofitsiant:
— Poyezdingizdan kechga qolmang dedik-da...
Ona bolasiga:
— Agar hoziroq bo‘tqangni yemasang, yalmog‘iz kampirni chaqiraman! – desa,
Bolasi:
— Ovora bo‘lmang oyijon, bu bo‘tqani yalmog‘iz kampir ham yemaydi!... – dermish.