Muallim o‘quvchilarni ogohlantiryapti.
— Bolalar, hech qachon jonivorlarni o‘pmang! Bu turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Eshmat shunga misol keltir!
— Xolam, qachon qarasa to‘tiqushini o‘pib erkalardi.
— Keyin nima bo‘ldi?
— To‘tiqush aqldan ozdi.
Bir qulogi kar bo‘lgan, kichkintoy Lizani, oyisi erkalab Mono Liza deb chaqirar edi.
Bir kuni bir bola ko‘chada do‘stini urayotgan ekan, shunda bir otahon kelib:
— Bolam do‘stingni nimaga uryapsan, desa
Bola aytibdi:
— U meni ikki yil oldin begimot deb mazah qilgandi, debdi
— Ikki yil oldin mazah qilgan bo‘lsa, nimaga hozir uryapsan, debdi
— Bugun zooparkga borib begimot nimaligini ko‘rdim-da.
Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so‘radi:
— «Erkaklar ayollarni e’zozlashi kerak» - degan kitob bormi?
— Fantastika bo‘limi qo‘shni xonada.

Kurka tovuq 4 ta xo‘roz va 1 ta indyuk jo‘ja ochibdi. Buni ko‘rgan xo‘roz tovuqni xiyonatda ayblab katakdan chiqib ketib qoligan ekan.

Agar yangi bir marttalik niqob sotib olishga erinsangiz, ishonavering, eski niqobingiz uzoq vaqt xizmat qilishga mo‘ljallangan!
Amerikalik mehmon O‘zbekistonga kelibdi. Aeroportdan taksiga o‘tirib mehmonxonaga ketayotsa, haydovchi mashinani juda tez haydashni boshlabdi.
Bir payt yonidan ikkita mashina ularni quvib o‘tib ketibdi. Amerikalik mehmon yo‘l chetidagi belgiga qarasa, 70 deb yozib qo‘yibdi. Taksini tezligiga qarasa 100 da ketayotgan ekan.
Amerikalik haydovchidan so‘rabdi:
— Mana bu yo‘l chetidagi belgilar kimlar uchun o‘rnatilgan?
Taksichi javob beribdi:
— Velosipedchilarimiz uchun!
— Allo?
— Allo! Men hozir gaplasha olmayman. Keyinroq boshqa raqamga qo‘ng‘iroq qilsangiz!
— Qaysi raqamga?
— Xohlagan raqamingizga!
Siz quyidagi 3 ta faktni bilasizmi?
1. Chap ko‘zingizni yumib, hech qanday yozuvni o‘qiy olmaysiz.
2. 1-faktni o‘qib, o‘zingizda tekshirib ko‘rasiz.
3. Aldanganingizni bilib kulasiz.

So‘nggi yangiliklarning eng ishonchli manbaalari:
1. Telegram.
2. Instagram.
3. Feysbuk.
4. Mahalladagi xotinlar.