— Mening ismim Bahodir, do‘stlarim meni Baho deb chaqirishadi.
— Mening ismim Ramziddin, do‘stlarim meni Ram deb chaqirishadi.
— Mening ismim Itolmas, do‘stlarim mening ismimni to‘liq aytib chaqirishadi.
Futbol hakami kechasi xotinini erkalayotsa.
Xotini:
— Charchadim uxlayman, - desa
Hakam shartta sariq kartochka ko‘rsatibdi.
Xotini:
— Nimaga?
— Simulyatsiya uchun, - debdi.
Bir biriga teskari qarab yotishibdi. Oradan yarim soat o‘tgach, xotini eriga qizil kartochka ko‘rsatib turarmish.
Eri:
— Nimaga?
— Qo‘l bilan o‘ynaganiz uchun.
Oila dasturxonidagi shirinliklar 2 turga bo‘linadi:
1. Shirinlariga
2. Bunisini adamiz yesinlar!
Qorboboga xat:
— Salom qari to‘nka. Men seni necha yildan beri har yangi yil oqshomida kutardim. Mana bu yil ham kutdim, kelmading. Endi senga umuman ishonmayman. Hurmat bilan Abdusattor 47 yosh.
Qabulxona eshigida:
Boshliq 10 dan 100000000gacha qabul qiladi.
Poshsho bir kuni Afandini koyidi:
— Falonchiga bir ish buyursam, hamma vaqt ikki-uch ishni biryo‘la bajarib keladi. Siz esa birorta ishni ham tuzukroq bajarib kelolmaysiz!
Ittifoqo bir kuni poshsho kasal bo‘lib, tabib aytib kelishni Afandiga buyurdi.
Afandi borib to‘rt kishini boshlab keldi-da, poshshoga ta’zim qilib, faxr bilan dedi:
— Kamina qulingiz ham to‘rt ishni bir yo‘la bajarib keldi, mana!— Orqada turgan odamlarni ko‘rsatdi.
— Men sizni tabibga yuborgan edim, bular kimlar, nima ish qilishadi?—so‘radi poshsho g‘azablanib.
— Taqsir, kasalsiz, issiq jonga ishonch yo‘q. Bularning biri — tabib, sizni davolaydi, ikkinchisi sol, bordi-yu, o‘lib qolgudek bo‘lsangiz murdangizni yuvadi, uchinchisi — janozangizni o‘qiydigan imom, to‘rtinchi-si bo‘lsa — go‘rkov,— deb javob berdi Afandi.
— Bolangizni nimaga buvisi bilan qoldirmaysizlar?
— Chunki u qabristonda bir o‘zi qolishidan qo‘rqadi-da.
Xo‘roz sigirga hazillashib:
— Ertaga ko‘p sut bermasang, egamiz seni so‘yib yuborarkan, - desa.
Sigir qo‘rqanidan ertasiga ikki paqir sut beribdi.
Buni ko‘rib egasi xursand bo‘lib: "Ko‘z tegmasin bir qon chiqarvoray", - deb xo‘rozni so‘yvoribdi.
Kollej bitiruvchisi diplom oldi. Diplomni arqonga bog‘lab, asfaltni o‘rtasida sudrab ketyapti.
Hamma hayratda. Bir shofyor:
— Ha, ukam nimaga diplomni ergashtirib yuribsan? - dedi.
— Men buni orqasidan 3 yil yurdim, bu ham meni orqamdan yursin-da endi, - deya javob berdi.
Ingliz ayollari «I love you», - deb — 1-2ta tug‘ishadi.
Rus ayollari: «Ya tebya lyublyu», - deb — 2-3ta tug‘ishyapti.
O‘zbek ayollari esa: «Nariroq yoting, boring», - deb — 4-5-6ta tug‘ishyapti.