— Yaxshi qiz, har safar jilmayganingizda men sizni xonamga taklif qilgim keladi.
— Rosa xotinboz ekansiz-da!
— Yo‘g‘-e, men tish doktoriman.
O‘rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to‘rida o‘tirgan edi, eshon kirib keldi.
— Qani, taqsir, buyoqqa o‘tsinlar, - deb, unga o‘z joyini bo‘shatib berdi.
Imom domla kirib keldi. Unga ham joy bo‘shatib, o‘zi sal pastroqqa o‘tirdi.
Keyin ellikboshi, birmuncha boyonlar kirib kelishdi. Afandi:
— Qani yuqoriga, yuqoriga, - deb, ularni ham to‘rga o‘tqizvordi.
Bundoq qarasa, o‘zi poygakka tushib qolipti. Afandining diqqati oshib turgan edi, eshikdan bir ko‘ppak it mo‘raladi. Ikkala qulog‘idan cho‘zib uni ham ichkariga tortdi-da:
— Bor, sen ham to‘rga chiq! - dedi.
Nikoh ikki xil asab tizimining tinch-totuv yashashidir
Avtobusda bir bolakay yig‘lab o‘tirgan ekan. Bolani to‘xtatish uchun bir onaxon unga olma uzatdi.
Bola olmani olib indamay turaverdi.
— Nima deyish kerak, bolakay? - deb so‘radi yonidagi ayol.
Bola onaxonga qarab:
— Yuvilganmi? - debdi
Bir kuni shiringina Latifa, oyisidan so‘rabdi:
— Oyijon nimaga meni ismimni Latifa qo‘ygansiz? - desa
Afandi dadasi:
— Oying Tabassumxon, men Afandi bo‘lganimdan keyin, sen ham Latifa bo‘lasande qizim, — dermish
Uchta kampir gaplashib o‘tirishibdi.
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To‘g‘ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to‘kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko‘z tegmasin, - dermish.
Mezbon mehmonga iltifot qildi:
— Somsa sovumasin, olsinlar, taqsir.
— Xo‘p ajoyib somsa bo‘libdi. To‘rttasini yeb, to‘yib qoldim.
— Taqsir, beshta yedingiz, yana bitta oling, juft bo‘la qolsin.
Bir yigit sevgan qiziga qarab:
— Jonim svetni o‘chirgin, zo‘r fokus qilaman, - desa.
Qiz ham unga qarab:
— Ha, keyin o‘sha fokusingizni boqasizmi?, - dermish..
Onasi, senga nima covg‘a qilay to‘yimizni o‘n yilligiga.
— So‘ramang, baribir topib berolmaysiz...
— Iye, biror marta aytganingni olib bermadimmi? Ayt, darrov muhayyo qilaman.
— Istagan narsamnimi?? Aldamaysizmi?
— Bilasanku, yigit bitta gapiradi va so‘zida turadi!
— Yaxshi... O‘zingizdan ko‘ring...
— Nima ekan, juda qiziqtirdingku?
— Vaqt covg‘a qiling. Boshqa hech nima kerakmas.
— Nima deganing bu? Qanaqa vaqt?...
— Har kuni kechki payt mana shu qo‘lizdagi telefonii kavlab o‘tirishga ketgan vaqtizdan bir soatginasini... Oilangiz uchun... Oddiygina e’tibor... Bollarizga... Menga...
— Mmm...
Bir kuni askar polkovnikni oldiga kirib:
— Ruxsat bering o‘rtoq polkovnik, sizga ustavdan tashqari murojat qilsam bo‘ladimi? - desa Polkovnik:
— Bo‘ladi, - debdi.
Shunda askar:
— San qari eshak, sassiq chol, jonga tegding, qachon ishdan ketasan. Ruxsat bering o‘rtoq polkovnik ketishga, - dermish.