Kasallik varaqasini to‘ldira turib, doktor bemor ayoldan so‘rabdi:
— Xo‘sh, opajon yoshingiz nechada?
— Opajon, demang meni! Axir endigina yigirma sakkiz yosh va bir necha oyga to‘ldim...
— Xo‘sh, necha oy?
— Bir yuz to‘kson sakkiz oyga...
E’lon: Muhtaram va munis ayollar! Agar siz o‘z qomatingidan qoniqish hosil qilmasangiz zudlik bilan bizning huzurimizga keling! Bizni har qanday qomat qoniqtiradi!
Kuyov kelinni nikoh uyidan qo‘lida ko‘tarib chiqyapti.
— Jonim, endi biz er va xotinmiz to‘g‘rimi?
Kuyov:
— Ha
Kelin:
— Keling, unda boshizga chiqib olaqolay?
Internet provayder saytiga savol bilan murojat qilishyapti:
Yoshim 20 da. Cheksiz internet cho‘ntakbop narxga paydo bo‘lishi ehtimolligi qancha?
Afandining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bor edi. Yillar o‘tib shu do‘sti katta mansabga ko‘tarildi. Afandi uni amaldorlik lavozimi bilan tabriklash uchun mahkamaga kirib bordi. Do‘sti Afandi bilan ko‘rishish o‘rniga:
— Sen kimsan, nima ish bilan kelding!— deb do‘q urdi.
— Meni tanimaysanmi, yoshlikda yong‘oq o‘ynab o‘sgan do‘sting bo‘laman. Seni ko‘r bo‘lib qolibdi deb eshitib, ko‘ngil so‘ragani keldim,— dedi Afandi.
Afandi ko‘chada kelayotib, bir sabzipolizga ko‘zi tushdi. Yelkasidagi qopni olib polizga kirdi-da, yarim qop turp, yarim qop sabzini olib, endi ko‘taraman deb turgan-da, egasi kelib ushladi. Afandi yalindi-yolvordi. Nihoyat poliz egasi kavlangan sabzilar bilan Afandining orqasiga urish sharti bilan uni mahallaga sudrab sharmanda qilmaydigan bo‘ldi.
Afandi ma’yuslik bilan turib berdi, poliz egasi sabzi bilan ura boshladi. Afandining usti yupqa va sabzi katta bo‘lganidan, har sabzi tekkanda irg‘ib tushib, «oxiri baxayr bo‘lsin» deb qo‘yar edi.
Poliz egasi taajjublanib so‘radi:
— Bu nima deganingiz?
— E birodar, — dedi Afandi,— qopdagining hammasi sabzi bo‘lganda mayli edi-ya, hali qop ostidagi turplarga navbat kelganda, o‘pkamni tushirib qo‘yarmikansiz?
Chuvalchang onasidan so‘rabdi:
— Oyi, adam qanilar?
Onasi javob beribdi:
— Otang mahalladagi erkaklar bilan baliq oviga ketdi.
Beshinchi qavatda yashaydigan ziqna odam o‘g‘liga tufli olib berib debdi:
— Zinadan chiqishda bitta zina tashlab chiqqin, shunda tufliging oradagi zinaga tegmay ishqalanish kamroq bo‘lib uzoqroq chidaydi.
O‘g‘li hop bo‘ladi deb, chiqib ketib bir ozdan keyin shimi yirtiq kirib kelibdi, buni ko‘rib ziqnani joni chiqquday bo‘lib:
— Shiming nima bo‘lib yirtildi?
— Tuflim yanayam ko‘proqqa chidasin deb zinadan ikki zina tashlab chiquvdim, - dermish
Yangi uylangan askar uyiga borish uchun komandirdan bir kunga ruxsat olib, kechasi xotini bilan uxlab yotsa, eshik taqillab qolibdi.
Shunda eri:
— Qarachi xotin kim ekan, - desa.
Xotiniyam uyqusirab:
— Uxliyvuring erim armiyada-yu, - dermish.
Sher o‘rmondagi barcha hayvonlarni to‘plab:
— Bundan keyin hammangiz o‘zingizga sherik topib, bir-biringizni himoya qilib yuring. Sizlarni hammangizni himoya qilib yurishdan charchadim, - desa
Quyon:
— Sherga kimdan-kim g‘ing desa, o‘zim adabini beraman, - dermish