Yosh qiz telefoniga qarab o‘tirsa, buvisi yoniga kelib:
— Shu telefoningni doim qo‘ldan qo‘ymaysan. Nimalar qilasan? – debdi.
Qiz javob beribdi:
— Qarang buvijon, mana bu onlayn do‘kon. Bu gruppalardan ko‘ylaklarni buyurtma qilsa bo‘ladi. Uygacha olib kelib berishadi. Men mana bularni buyurtma qildim...
Buvisi:
— Bolam, shuncha tungi ko‘ylaklarni nima qilasan? – desa, qiz:
— Buvijon, bu tungi ko‘ylaklar emas! O‘qishga kiyib boradigan ko‘ylaklar-ku axir!!! – dermish.
Ikki do‘st suhbatidan:
— Qariyalarimiz aytishadi-ki, avvalgi o‘zbek kinolarini ko‘rgan odamlar, o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarishar ekan. Hozirgilari esa unaqa emas!
— Bo‘lmagan gap! Masalan, men kecha bir kino ko‘rdim... Boshqa umuman o‘zbek filmlarini ko‘rmayman degan xulosaga keldim.
SMS yozganda “Salom” soʻzida qanchalik “o” harfi koʻp boʻlsa, u inson sizni shunchalik sogʻingan boʻladi. Masalan:
— Salooooom!
Javob:
— Salm!
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yo‘l olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni o‘zingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga bo‘sa hadya etsangiz, men go‘zal qizga aylanaman...
Amaki o‘ylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin bo‘sani hayolingdan chiqar! Go‘zal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yo‘q!
O‘zbekistonda juda-yam zo‘r futbol jamoasini tuzish uchun, o‘zimizning eng yaxshi uyinchilarimizdan 3 tasini olamiz. Uchchalasini ham zahiraga o‘tkazib qo‘yib, braziliyalik 11ta futbolchini sotib olib, yurtimiz nomidan maydonga tushiramiz.
Bir abituriyent imtihon paytida yonida abituriyentga debdi:
— Sening isming nima?
— Sardor. Seniki-chi?
— Meni ismim ham Sardor. Yana meni hujjatlarim bilan o‘rnimga imtihonga kirgan bo‘lmagin...!
Bir kishi qari donishmanddan:
— Ayollarni yaxshi yoki yomonligini qanday ajratsa bo‘ladi? - deb so‘rabdi.
— Ularni gapirishidan, - javob beribdi donishmand.
— Agar gapirmasa-chi?, - so‘rabdi kishi.
Shunda donishmand:
— Shuncha yashab, bunday yaxshi ayolni uchratmadim, - deb javob beribdi.
Havo shunaqangi issiqki, hatto etik kiygan mushuk ham yozgi shippakda yuribdi.
Ronaldo bilan Messi Farg‘onaga kelibdi. Ronaldo taksi to‘xtatib:
— Milliy stadioniga nechi pul bo‘ladi? - debdi.
Taksi haydovchisi:
— Besh ming! – debdi.
Ronaldo taksichiga:
— Ikki kishiga necha pulga olib borasiz? – desa, haydovchi hayron bo‘lib:
— Besh mingga olib boraman, - debdi.
Shunda Ronaldo Messiga qarab:
— Ko‘rdingmi? Bir tiyinlik hurmating yo‘q, - degan ekan.
Ikki qo‘shni gaplashib o‘tirishgan ekan:
— Nega sizni uyingizdan doim mushukni qattiq chinqirib miyovlashi eshitiladi?
— Men uni cho‘miltiraman.
— Men ham o‘zimni mushugimni cho‘miltiraman. Lekin unaqa miyovlamaydi-ku!
— Siz uni suvini siqasizmi?