Tungi barlardan biriga it yetaklagan kishi kirib hammaga debdi:
— Meni itim gapira oladi!
Hech kim ishonmabdi va shu yerni o‘zida bahs boshlanib, garovga pul tikilibdi.
Haligi kishini iti hech narsa gapirmabdi. Katta pulni boy bergan xo‘jayini ko‘chaga chiqib, itga baqira boshlabdi:
— Nega bila turib gapirmading? Axir shuncha pul yutqazib qo‘ydim-ku!!!
Shu vaqt it tilga kirib:
— E, xo‘jayin! Lekin ertaga biz qancha pul yutib olishimizni bilsangiz edi...!
Yakin kunlarda telegram gruppalarida:
Agar meni yoqtirsang, menga kulib turgan (odamcha) smaylik yubor!
Agar menga yoqishni istasang, menga yurakcha rasmini yubor!
Agar meni sevsang, hisobimga pul tashlab yubor!
Xilvat ko‘chada Afandini yo‘lto‘sarlar to‘xtatib debdi:
— Hamyoningni cho‘z! Pul kerakmi joningmi?
Afandi o‘ylanib turib:
— Hozir yonimda pul yo‘q edi. Sizlardan qarz bo‘lib qolarkanman-da, - dermish.
— Siz buncha ahmoqlik qilishga qanday ulgurasiz?
— Men juda erta turaman.
Bir kuni chol yo‘lda ketayotib ko‘za topib olibdi. Ko‘zadan jin chiqibdi. Chol jinga qarab:
— Menga 8 sotix yer ajratib ber! - desa, jin:
— Ko‘zani kadastrida buncha yerni o‘zi yo‘q-ku, Qayerdan topaman?! - dermish.
Avtobus bekatida ikki notanish erkak turibdi. Birining sochlari malla, ikkinchisi kal. Mallasoch erkak nimadan gap boshlashni bilmay so‘radi:
— Ha, birodar, Xudo sizni sochdan qisganga o‘xshaydi-a?
— Nega qisadi? Malla soch bermoqchi bo‘lgandi, o‘zim istamadim.
Do‘konda.
Xaridor:
— Sizda suyaksiz baliq bormi?
Sotuvchi:
— Yo‘q, lekin go‘shtsiz kolbasalar bor.
Ikkita uchastka noziri aylanib yurishsa, daraxtda bir odam osilib turgan ekan. Nozirlardan biri ikkinchisiga:
— Nima qilamiz boshimizga ortiqcha tashvish keltirib. Shu murdani narigi tumanga olib borib osib kelaylik, - debdi.
Ikkala nozir murdadan qutulib, yo‘llarida ketaveribdi.
Narigi tumanni nozirlari aylanib yurib, ko‘zi daraxtda osilib turgan odamga tushib:
— Anavini qaranglar, yana shu yerga osib ketishibdi...- dermish.
Ota-ona o‘g‘lini armiyaga kuzatyapti.
Ona:
— Doim haqiqatni yozgin!
Ota:
— E, uyoqda har bitta xatni tekshirishadi.
Ona:
— Unda ahvoling yomon bo‘lsa, qizil, yaxshi bo‘lsa, ko‘k rangli siyohda xat yozgin!
O‘g‘il jo‘nab ketdi. Oradan qanchadir vaqt o‘tib, ko‘k siyohda yozilgan xat kelibdi:
"Onajon, otajon, hammasi yaxshi! Faqat, bu xatimni qizil ko‘zoynak taqib o‘qinglar..."
Bir piyonista kishi doktorga boribdi. Vrach:
— Nima bo‘ldi, shikoyatingiz? - deb so‘rasa, haligi odam:
— Kecha og‘aynilarim bilan bolalarni sog‘ligi uchun ichdik, ayollarimizni sog‘ligi uchun ichdik, qo‘shnilarni sog‘ligi uchun ichdik, oxiri negadir o‘zimni sog‘lig‘im yomonlashdi, - dermish.