Bemorga vrach dori yozib beribdi-da, debdi:
— Bu dorilarni bir oy ichasiz. O‘ttiz kundan keyin ichib bo‘lgach yana ko‘rishamiz.
Bemor uyga borgach:
— To‘xta! Bu oy 31 kun-ku axir!!! - dermish boshi qotib!
— Lapashang bilan ovsarni farqi nima?
— Lapashang "bir ishni qanday bajarsam ekan?" deb o‘ylaverib o‘yiga yetolmaydi.
Ovsar esa o‘zi qilib qo‘ygan ishni "bu ishni kim qildi ekan?" deb o‘yiga yetolmaydi.
Shamsiddinni onasiga o‘g‘lining sinf rahbari qo‘ng‘iroq qildi:
— O‘g‘lingizni ustidan yana shikoyat tushdi. Uni qizlarga suyagi yo‘q! Hadeb tegajoqlik qilaveradi.
Bolaning onasi:
— bu o‘g‘lim otasiga tortdi! Agar biror chorasini topsangiz, iltimos menga ham xabar qilsangiz!
Xotin eridan so‘rabdi:
— Oylik oldingizmi adasi?
Eri kesatishli ohangda:
— Bugunmas! Charchadim! - dermish.
E’lon:
"Tishi yo‘q it sotiladi. Tishi yo‘q ekan demang! Tomoqdan bo‘g‘ishni biladi".
Qabrda ikki arvoh gaplashib qolibdi. Birinchisi ikkinchisiga debdi:
— Yur, shahar aylanamiz.
— Xo‘p, yur, -debdi-da, qo‘liga tayoq olibdi.
Birinchisi:
— Bu tayoqni nima qilasan, - desa.
— Yo‘lda arvoh chiqib qoladi. Men arvohdan qo‘rqaman. Tayoq bilan uramanda!
Bir kuni bir qiz yigitiga:
— Meni oq otda olib ketasizmi qora otdami? - desa,
Yigit:
— Menga farqi yo‘q! Xotinimni ko‘ndirsang, qo‘limda ham ko‘tarib olib ketaman, - dermish.
Bir yigitni yuzlari tilingan, bir ahvol bo‘lib kelayotsa, oldidan tanishi chiqib qolibdi:
— Voy... Bu nima ahvol!? Yuzingga nima qildi?
— Yaxshi ko‘rgan qizimni deb urushib ketdim.
— Kim bilan? Qizning boshqa sevgan yigiti bor ekanmi?
— Yo‘g‘-ye. Xotinim bilan...!
Bir odam sherigiga debdi:
— Anavi daraxtni ko‘rayapsanmi?
— Ha.
— Undagi qushnichi?
— Ha.
— Qushning oyog‘idagi chumolinichi?
— Yo‘q ko‘rmayapman.
— Men shularning hech qaysini ko‘rmayapman, - dermish.
Bir yigit sog‘lig‘i yomonlashib nima qilishni bilmay tursa, afandi kelib qolibdi.
Yigit afandiga bor gapni aytib, nima qilishga boshi qotib tursa, afandi kimningdir telefon raqamini terib:
— Allo, bu Sog‘liqni saqlash vazirligimi? Do‘stimning sog‘lig‘ini saqlab bering, - degan ekan.