Avtomaktabda dars ketmoqda. Maktab o‘quvchilaridan biri instruktordan so‘rabdi:
— Shu gap rostmi, ayrim ayollar mashinani erkaklardan yaxshi boshqarar emish?
Instruktor:
— Yo‘q, unaqa emas. Ayrim erkaklar xotinlardan battar boshqaradi mashinani.
“Boriga baraka” ko‘rsatuvida chekka qishloqdan kelgan bir yigit ishtirok etyapti.
Dallol:
— Sizga bitta kompyuter, Arteldan barakali kir yuvish mashinasi va gaz plitasi beraman. O‘yinni shu yerda to‘xtatasizmi? – debdi.
Yigit ko‘p ham o‘ylamasdan:
— Aka, kompyuter bilan kir yuvish mashinasi kerak emas. Qishlog‘imizda svet yo‘q, gaz plitasi ham kerak emas. Unga yoqadigan gazimiz yo‘q. Yaxshi, shu sovg‘alarni o‘rniga bir mashina o‘tin bering. Oilam bilan qishdan eson-omon chiqib olardim. Bir moshina o‘tinga o‘yinni to‘xtatgan bo‘lardim... – degan ekan.
Bolakaylarning hech qachon tugamaydigan savollariga aqlli otalar shunday javob berishadi:
— Adajon, qachon pulingiz ko‘payadi?
— O‘g‘lim, nega oyim qachon sizdan kamroq pul so‘raydigan bo‘ladilar demaysan?!
Bir kishi tanish vrachdan so‘ragan ekan:
— Nima uchun bemorlaringdan nonushtaga nima yeganini so‘raysan?
Vrach:
— Shunga qarab bemorimning hamyoni baquvvatmi-yo‘qmi shuni bilib olaman-da!
— Bilasanmi, akamga aytsam bitta qo‘li bilan aftingni buzib qo‘yadi!
— Nima, akang sportchimi?
— Yo‘q, akam PhotoShop da ishlashni biladi.
Men juda kamtarin odamman!
Bir uyum yuvilmagan idish-tovoqlar turganini ko‘raman-u, ichimda “Bu idishlarni egasi men emasman!” deb indamasdan uyga kirib ketaveraman.
— Bitta odam 109 yil umuman doktorga bormabdi.
— Ho‘sh, keyin-chi?
— O‘sha odam 110 ga kirib o‘libdi... Ahmoq, shunaqa-yam qiladimi!?
Bir kishi barga kirib 10 ta stakanga aroq quydiribdi. Stakanlarni 2-sidan boshlab 9-stakangacha ichib “Qancha bo‘ladi?” deb pulini to‘labdi.
Barmen bo‘lsa:
— Aka nega bunday qildingiz? – desa, kishi:
— Bu aroqni birinchisini ketishi qiyinda savil! Shuning uchun birinchini ichmadim, - debdi.
— O‘ninchi nega qoldi? – debdi barmen.
— Oxirgisi ortiqchada! – dermish kishi.
Bir odamni xotini eriga debdi:
— Adasi ozmoqchiman! Belimga obrach olib kelib bering...
Eri “Xo‘p” deb, ertasiga obrach olib kelib bersa, xotinini beliga shundoq loyiq kelibdi. Xotini “Voy! Nega bunaqasini olib kelasiz?!” deb ming‘irlasa, eri xursand bo‘lib:
— Ana xotin ko‘rdingmi? Seni razmeringni topibman! Lop-loyiq keldi-ya... Ko‘ylak olib bermasam ham o‘lchamlaringni yaxshi bilaman, – dermish.
Uch boshli ajdar bir-biri bilan suhbatlashmoqda:
— Negadir boshim og‘riyapti...!? Kecha ichmagandim shekilli...!? – debdi bittasi.
Ikkinchisi:
— Men rosa ichgandim. Oshqozonimiz bitta-ku! - dermish.