Afandi davrida bir vazir maqtanchoqlikda dong qozongan ekan.
"Hamma ishni qila olaman, qo‘limdan hamma narsa keladi" deb maqtanarkan.
Bir kuni Afandi o‘sha vazirni oldiga kelib, hushtakni uzoq chalibdi-da:
— Endi mana shunga vergul qo‘yib bering-chi! - debdi.
Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotin chapillab ovqat yebdi.
Shu payt eri bir turtib debdi:
— Chapillatmasdan yegin!
Birozdan keyin yana bir turtibdi:
— Yana nimaga turtasiz? - debdi xotini.
— Chapillatganing esimga tushib ketdi, - dermish eri.

Bir motivatsion spiker hamkasbidan so‘rabdi:
— Qanday qilib daromadni ko‘paytirish mumkin?
Hamkasbi debdi:
— Istasang gapirib beraman.
— Yo‘q, gapirib berishni o‘zim ham bilaman. Sen aniq ko‘paytirish usulini o‘rgat!

Bemorni sinchiklab tekshirgan vrach bemorni o‘ziga eshittirmaydigan sekingina xotini tomonga o‘girilib:
— Bilasizmi, eringiz menga yoqmayapti, - desa, xotini ham past tovushda vrachga:
— Shuni ayting! Menga ham yoqmaydi. Lekin bolalarim uni yaxshi ko‘radi-da! – debdi.
Seni ishing, do‘stlaring, tanish-bilishlaring bor.
Uydagi mushugingni esa sendan boshqa hech kimi yo‘q. Uyingga bor...!
Bir kishi o‘rmondan o‘tib ketayotib, daraxtlar ko‘pligidan rosa charchabti. Oxirgi to‘nkaga o‘tirib ichida “Qachon tugarkan bu daraxtlar?!” deb o‘ylanib qolibdi.
— Telefonimni batareykasi yana o‘tirib qolibdi.
— Qayerga o‘tirib olibdi? “Tur” demaysanmi?!
Do‘konda sotuvchi xaridor uzatgan pullarga qarab:
— Siz bu pullarga hech narsa sotib ololmaysiz. Axir bu pullaringiz soxta-ku! – desa, xaridor:
— Men bu pullarni maydalamoqchiman xolos! Hech narsa sotib olmayman! – degan ekan.
Bir yigit ofisda ishlab o‘tirsa, yonidagi hamkasbi nuqul boshini stolga qo‘yib olib uxlarmish. Soatga qarasa, tushlik vaqti bo‘libdi.
Haligi yigit hamkasbini yoniga sekin borib, turtib debdi:
— Tur endi, tushlik vaqti bo‘ldi. Yur, ovqatlanib kelamiz.
Uxlab yotgan hamkasbi boshini ham ko‘tarmay:
— Sen boraver... Men bugun tushliksiz ishlamoqchiman, - dermish.
Internet orqali pul topish uchun nima qilish kerak?
Birinchidan: Internetni o‘chirish kerak.
Ikkinchidan: Ishlash uchun ko‘chaga chiqish kerak.