— Kecha bir qush tutdim, — deb gap boshladi bir lofchi — tumshug‘inning o‘zi naqd o‘n olti metr. Qovurg‘alaridan daryoga ko‘prik qurdik.
Boshqa lofchi gapga aralashdi:
— Agar gaping rost bo‘lsa, men ushlagan qushning bolasini tutganga o‘xshaysan.
— Dada, siz qorong‘ida ham yoza olasizmi?
— O‘ylaymanki, yoza olaman.
— Unday bo‘lsa, chiroqni o‘chirib, kundaligimga qo‘l qo‘yib bering...
Bayram arafasida er xotiniga tinmay tirjaya boshladi:
— Dadasi, nima gap, namuncha menga qarab tirjayasiz?
— E, xotin! Kecha televizorda "Agar xotiningizga bayramga sovg‘a sotib ololmasangiz, tabassum qiling", deyishdi.
Konsertda o‘tirgan bir kishi yonidagi odamdan so‘radi:
— Nega qo‘shiqchi qo‘shiq aytib u yoqdan-bu yoqqa chayqalaveradi?
— Qimirlab turgan nishonni urish qiyin bo‘ladi-da.
Eshmat roddomda derazaga qarab baqiryapti:
— Halima, Halimaa, Haaliimaa!
Derazadan Halima qarab:
— Namuncha baqirasiz?
Eshmat:
— Tug‘dingmi?
Halima:
— Ha, egiz!
Eshmat:
— Kimga o‘xshaydi?
Halima:
— Bir-biriga o‘xshaydi!
35 yoshga kirgan bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:
— Nega uylanmagansiz?
— O‘zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo‘q
— Nega?
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan
Bir odam mehmonxonaga borib:
— Joy bormi, desa.
— Hamma joylar band, lekin bir xonada bir negr o‘zi yotibdi, shu bilan yotsangiz bo‘ladi, deyishibdi
— Ha, mayli meni soat 07:00da uyg‘otib qo‘yinglar, deb uxlagani yotibdi.
Negr hazilkash ekan u odamni yuziga qora kuya surkab qo‘yibdi. Ertalab uyg‘otishganda shoshilib kiyinib oynaga qarasa, yuzi qora emish.
— Voy onasini emgurlar adashib negrni uyg‘otib qo‘yishibdi-ku, dermish.
Xotin eriga:
— Adasi, kecha nega kechqurun meni boshqa ayolni ismi bilan chaqirdingiz?!
— Qorong‘u edi-ku onasi, tushunsang-chi axir!
— O‘g‘lim, hech qachon chiroyli qizga uylanma!
— Nimaga ada?
— Chiroyli qizlar seni tashlab ketadi!
— Xunuk qizlar ham tashlab ketishi mumkin-ku?!
— Ketsa-ketavermaydimi!
Savol: Qiz bola va ayol o‘rtasidagi farq nimada?
Javob: Qiz bola yangi iPhone xohlaydi. Ayol esa "tagiga olmaydigan" tova xohlaydi.