Bir odam ayolini tug‘ruqxonaga shoshilib olib ketayotsa, yosh yigit ularni mashinasini to‘xtatib:
— Iltimos, qarashib yuboring. Itarib yuborsangiz bo‘ldi..., - debdi.
Shoshilgan er, — Yo‘q, - desa, xotini:
— Boraqoling adasi. Sizni ham avtomobilingiz tez-tez buzilib turadi. Mayli mashinasini itarib keling. Men kutib turaman, - debdi.
Boyagi yigit erkakni besh chaqirim nariga olib borib, bolalar maydonchasiga yetgach:
— Mana shu kachelyaga o‘tiraman, itarib yuborasiz..., - dermish.
Ikki dugona kinoga ketishayotganda, yo‘llaridan bir erkak chiqibdi. Dugonalardan biri haligi erkak bilan juda iliq so‘rashibdi.
Shunda ikkinchisi:
— Buncha uzoq salomlashmasang, kim bu o‘zi? – deb so‘rasa,
Dugonasi:
— Shunchaki, ikkinchi erimning, birinchi xotinini, uchinchi eri bo‘ladi! – degan ekan.
— Sizga qoyilman! Qanday qilib uni boshqaryapsiz?
— Kimni?
— Bema’ni tilingizni-da...
Bir kishi gazetaga e’lon beribdi.
"Men ish izlayapman. Maoshi ko‘p bo‘lishi shart emas. Faqat bitta shartim, dushanbadan jumagacha dam olish, shanba yakshanba kunlari esa xordiq bo‘lsa kifoya" deb yozib qo‘yibdi.
Radioda boshlovchi:
— Marhamat, hurmatli muhlis. Sizga, yaqinlaringizga salom va tabriklaringiz bo‘lsa, jo‘natish imkoniyatini beramiz.
Muhlis:
— Meni eshitib turgan hammaga salom. Ayniqsa kecha o‘g‘lim benzin olaman, - deb zapravkaga ketgandi. Agar u ham meni eshitib turgan bo‘lsa, ungayam alangali salom. O‘g‘lim, ochereding keb qoldimi bolaaaam?
— Yo‘q, menga keganida tamom bo‘lib qoldi
Bir kishi sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizda boks qo‘lqopi bormi?
— Yo‘q.
— Basketbol koptogi-chi?
— Yo‘q unaqa narsa!
— Konkilar bormi?
— Bu spirtli ichimliklar do‘koni! Siz so‘ragan narsalarning birortasi bo‘lmaydi bu yerda!, - debdi asabiylashgan sotuvchi.
— Unda bir shisha aroq bering!, - debdi-yu, past ovozda pichirlab, — Xotinimni gapini yerda qoldirmadim. Nima qilay, sport bilan shug‘ullanishga hech narsa bo‘lmasa...?
Bir odam uyiga chilangar chaqirtiribdi. Chilangar besh daqiqa ichida ishni bitiribdi-da, uy egasiga qarab, — Ana bo‘ldi. Sizdan ellik ming!, - debdi. Haligi odam:
— Nima? Men oliy ma’lumotli vrach bo‘la turib, besh daqiqada ellik ming ishlab topmayman, - debdi. Chilangar esa:
— Men ham o‘qituvchi bo‘lib ishlaganimda buncha pul topmasdim!, - degan ekan.
Bir kuni afandi cho‘lda ketayotsa, oldidan sehrli ko‘za chiqibdi. Afandi ko‘zani ishqalabdi. Ichidan katta jin chiqib:
— Amringizga muntazirman, - debdi.
— Uyga ketgim kelyapti, - debdi afandi.
— Unda ketdik, - debdi jin.
— Tezroq ketgim kelyapti, - desa
— Unaqada yugurdik, - dermish jin...
Bir kishi do‘stining xotinini janozasidan xomush bo‘lib uyga kelibdi. Xotini:
— Ha adasi, nimadan buncha xafasiz?, - deb so‘rapti.
Eri bo‘lsa:
— Xotin qara, Baxtiyor do‘stim ikkita xotinini ko‘mdi. Men esa hali birorta-yam ko‘mganim yo‘q!, - dermish.
O‘lim to‘shagida yotgan qariya nabirasiga vasiyat qilibdi:
— Nabiraginam! Senga bitta katta ferma, uchta uy, ikkita dalahovli, beshta do‘konni meros qoldiraman.
Nabirasi shoshilib:
— Qayerda buvajon, qayerda?, - deb so‘rasa,
— Telefonimdagi "MoyaFerma" o‘yinida!, - dermish qariya.