Futbolga mukkasidan ketgan onaxondan intervyu olishyapti:
— Mana siz ayol kishi. Qanday qilib bunchalik futbol ishqoboziga aylangansiz?
Onaxon ko‘p o‘ylamay, javob beribdi:
— Bolam, men aslida futbolga umuman qiziqmasdim. Shu, turmushga chiqqanimdan keyin bobong har kuni kechqurun futbolni ko‘rishga majburlardi. Men o‘yinni ko‘rib, kim gol urdi, kim kartochka oldi, hamma tafsilotlarni yozib olardim. Ertalab bobongiz men yozganlarni o‘qib olardilar.
— Ie, nega bunaqa qilardilar?
— Choyxonaga borganlarida o‘rtoqlariga gap bermay, vaysash uchun-da...
— Onaxon, yaxshi-yam choyxonadagi muhokamaga sizni olib bormas ekanlar. Bo‘lmasa hozir boshqa chol bilan yashayotgan bo‘larmidingiz...?!
O‘rta yoshli, oilali yigitning hayollari:
“40 yoshga yetganimda sariq Lambordjini haydashni orzu qilib quvonar edim... Mana, shu yoshga ham to‘ldim. Hozir Korzinka ga kirib, oziq-ovqatlarning narxi yozilgan sariq rangdagi qog‘ozchalarga qarab sevinchim ichimga sig‘mayapti. Chegirmalar!!!”
Ortiq bilan Zokir baliq oviga chiqishibdi.
— Ortiqboy, shu suv parisi baliqmikin yoki ayolmi?
— Ha endi Zokirboy, bu suv parisini tutgan odamning xohshiga bog‘liq...
— Agar sizni qarmog‘ingizga ilinsa, nima qilardingiz?
— Nima qilardim? Qovurib yerdim.
— Ha... Odamni yoshi o‘tgan sari xohishi ham o‘zgarar ekanda-a???
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...
Bir kishi katta ko‘lning qirg‘og‘ida o‘tirsa, turistlar kelib so‘rashibdi:
— Nega bu yerda o‘tiribsiz?
— Men ko‘lning narigi qirg‘og‘iga suzib o‘ta olaman, - debdi boyagi kishi.
— Qancha vaqtda o‘rgandingiz buni, - deyishibdi turistlardan biri.
— Besh yil umrim ketdi, - debdi.
Shunda turistlar ko‘lning narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib qo‘yadigan qayiqqa o‘tirib, qayiqchini qo‘liga ikki ming pul berib, haligi kishiga deyishibdi:
— Besh yil umringiz ikki ming so‘m turar ekan-da!?
— Doktor, menga yordamingiz kerak! Yoshim 28da. Hanuzgacha turmushga chiqmadim.
— Men psixiatrman! Qanday qilib sizga yordam berishim mumkin?!
— Axir men aqldan ozay deb turibman-ku...
Tirband avtobusda bir yo‘lovchi yonidagi yigitga qarab debdi:
— Hoy yigit, gimnastikachimisan?
— Ha, qayerdan bildingiz?
— Chunki bir oyog‘ing bu yerda, ikkinchisi bir metr narida turibdi.
— Oyijon, men hisoblashni o‘rganib oldim, - debdi bolakay.
— Juda yaxshi-ku! Nimani hisoblashni o‘rganding?
— Hammani ahmoq deb hisoblashni o‘rganib oldim.
Ikki dugona suhbatidan:
— Turmushga chiqganingga afsuslanmaysanmi?
— Nimalar deyapsan? Nima menda yurak yo‘qmi? Achinaman albatta erimga...
Charli Chaplin, Aldar Ko‘sa va Afandi tog‘larda yurgan ekan, oldilaridan dev chiqib qolibdi.
Uchchalasi “Bizni qo‘yib yubor!” deb devga yalina boshlashibdi. Shunda dev:
— Har biringiz og‘zingizdan biror narsani olib yerga tashlaysizlar. Kimning narsasini ko‘rib, ushlashga ulgursam, men bilan qoladi. Agar ko‘rmasam, qo‘yib yuboraman, - debdi.
Chaplinning og‘zida saqichi bor ekan. Saqichini yerga tashlashi bilan, dev ushlab olibdi.
Aldar Ko‘saning og‘zida nos bor ekan. Yerga tashlashi bilan, uni ham dev ushlab qolibdi. Navbat Afandiga kelibdi. Kecha rosa to‘yib sarimsoq yegan Afandi devga qarab “Kuf-f-f” debdi. Dev atrofga alanglab qarabdi-da:
— Sarimsoqni hidi bor-u, o‘zi yo‘q?! Mayli sen uyingga ketaver! – degan ekan.