Boltavoy tilla baliqcha tutib olibdi va unga tilagini aytibdi:
— Har kuni tug‘ilgan kunim bo‘lishini istayman!
Ikki oydan so‘ng Boltavoy qaribdi va vafot etibdi.
Maymun go‘zallik saloniga boribdi. Uyiga kelib, eriga:
— Qalay, yoqdimi, - deganakan
Eri unga picha qarab turib:
— Baribir odam bo‘lmaysan, dermish
Qiz yigitdan so‘rabdi:
— Nega qiz yigitlarini qo‘lqopdek almashtirsa uni yengiltak qiz deyishadi, lekin bu ishni yigit qilsa uni qiziqqonli yigit deb atashadi?
Yigit:
— Bilasanmi, agar bitta kalit juda ko‘p qulfni ocha olsa bu tengi yo‘q kalit hisoblanadi, lekin bitta qulfga istalgan kalit to‘g‘ri kelaversa u buzuq qulf deyiladi.
Ikki kampir suhbati:
— Bilasanmi Sharapat yosh chiroyli go‘zal qizlik davrimizda doktorga borsak yechintirib tekshirishar
edi.
— Ha-a, Maxpirat esingda ekan-a?? Hozir doktorga borsak eshikni tagida dori yozib berib
qaytarishadi-ya?!
5 yoshli qiz o‘g‘il bola qo‘shnisiga maqtanibdi:
— Dadamni avtomati bor.
Bola esa:
— Mani dadamni pushkasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni tankasi bor.
Bola:
— Mani dadamni raketasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni bombasi bor.
Bola nima deyishni bilmay:
— Aa, san devorga siyomiysaan...
Vrach unga bepushtlik deb tashhis qo‘yganda, u shu qadar tushkunlikka tushdiki, bu gapni homilador xotiniga qanday aytishni bilmasdi.
Doktordan so‘rashibdi:
— Qaysi kasal yaxshi deb o‘ylaysiz?
— Skleroz
— Nimaga?
— Chunki bu kasalni xech qayeri og‘rimaydi va yana har kuni yangilikka boy bo‘ladi.
Xizmat safaridan qaytgan er xotiniga dedi:
— Men nikoh uzugimni yo‘qotib qo‘ydim.
— Qanaqasiga? Qanday qilib uni yo‘qotish mumkin?
— O‘zing aybdorsan! Men senga bir yildan beri cho‘ntagim teshilib qolibdi deyman. Sen e’tibor qilmaysan!
Xotin eriga dedi:
— Ko‘ylagimni yeching... Yubkamni yeching... Paypog‘imni yeching... Endi shoshilmasdan, ichki kiyimlarimni yeching, yana yirtib yubormang... Va boshqa hech qachon meni kiyimlarimni kiymang!!!
— Oyi, erim meni xafa qildi... Oldingizga ketyapman!
— Yo‘q, qizim. Yomonlik jazolanishi kerak. Shuning uchun men sizning uyingizga ketyapman.