O‘qituvchi:
— Endi men sizlarga Pifagorning ushbu nazariyasini isbotlab beraman. Orqa partada o‘tirgan Murod:
— Shart emas, ustoz. Biz sizga shundoq ishonamiz.
Harbiy qismga yangi askarlar kelishdi. Ularga oshpaz tayinlamoqchi bo‘lib, qism komandiri so‘radi:
— Qani askarlar kim armiyagacha u-bu pishirgan bo‘lsa bir qadam oldinga.
Bir askar katta qadam bilan oldinga chiqibdi.
— Pishirgansanmi?
— Ha, pishirganman.
— Xo‘p yaxshi nima pishirgansan?
— Asfalt.
Afandi bog‘chasiga o‘tqazgan ko‘chatlarini har kuni kechqurun ko‘chirib, uyiga olib kirib ketar edi. Bu ahvolni qo‘shnilari ko‘rib:
— Afandi, bu nima qilganingiz? - deyishdi.
— O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma, - dedi Afandi.
Ko‘prik tagida turgan bezori yonidan o‘tib ketayotgan yigitga:
— Og‘ayni chekishdan bormi? - desa, yigit:
— Men sportchiman, besh karra O‘zbekiston chempioniman, chekmayman! - debdi.
Bezori bo‘lsa:
— Voy, uzr aka sizmidingiz! Tanimaganimni qarang, boy bo‘larkansiz! - degan ekan.
— Oyi, yozda Chorvoqda dam olamizmi?
— Chorvoqda seni repititoring dam oladi, o‘g‘lim!
Matematika o‘qituvchisiga o‘quvchi debdi:
— Ustoz, shu fanga darslarda kirmasam maylimi?! Menga matematika hayotda umuman kerakmas!
Ustozi o‘quvchiga:
— Hali shu gaplaringni farzandlaring bilan matematika darsini tayyorlab o‘tirganingda eslaysan! - dermish.
Bir ayol mushugini sotish uchun olx.uz ga e’lon joylashtiribdi:
"Sog‘lom, chiroyli, aqlli, egasiga vafodor mushuk sotiladi. Beshinchi martta sotyapman!"
Bemor shifokor ko‘rigidan o‘tdi.
— Xo‘sh, menda qanday kasallik bor ekan?
— Sizda istagan kasallik: oddiy tumovdan tortib juda kam uchraydigan yurak nuqsoni ham bo‘lishi mumkin... Hammasi sizning moddiy ahvolingizga bog‘liq.
13:30 - Bezovta qilmadimmi?
23:59 - Yo‘q. Nima gap?
Material sotadigan yigit uylanib, ikki haftadan keyin bozorga olib chiqib sotadigan materiali qolmabdi.