Bir odam qo‘lida bir xalta kir yuvish kukuniga qarab, so‘kinib ketayotsa, qo‘shnisi hayron bo‘lib:
— Ha, qo‘shni nima bo‘ldi? - debdi.
So‘kinib ketayotgan odam:
— Ey, ko‘rmaysizmi qo‘shni, mana bu poroshokka "100 gr besplatno" deb yozib qo‘yishibdi. Sotib olib uyda ochib qarasam, ichida faqat poroshok xolos! Do‘konga qaytaraman!
Qo‘llarimni artib yurish uchun nam salfetka sotib oldim.
Ochib, bittasini oldim. Qo‘llarimni artdim keyin stolni artdim, birozdan so‘ng oyoq kiyimimni, sal turib ...
Siyosiy, ma’naviy tayyorgarlikdan o‘tgan praporshik Kimsanboyev mehnat qilish huquqi borligini bilib tursa-da, tabiatan kamtarligi sababli ushbu huquqidan hech foydalanmaydi.
Ikkita inoq do‘st daryo bo‘yicha cho‘milishayotgan ekan. To‘satdan biri cho‘ka boshlabdi. Shunda do‘stiga qarab:
— Yordam ber do‘stim, men cho‘kayapman! - desa, do‘sti:
— Mayli do‘stim, seni cho‘kkaning-meni cho‘kkanim... - degan ekan.
Sevgan yigitim kofe bankasiga "Hammasi tugadi! Sizni tashlab ketdim", deb yozib qo‘yibdi. Shoshib bankani ochsam, kofe to‘la turibdi. Voy yaramas hazilkashey!
Bir odam folbindan qarz ekan. Haligi odamni uyiga folbin qarzini so‘rab borsa:
— Nima qilardingiz ovora bo‘lib?! Menda pul yo‘qligi folingizda ayon bo‘lmadimi? - dermish.
— Yaxshi qiz, sizni raqsga taklif qilsam maylimi?
— Meni ikkita farzandim bor!
— Mayli, u holda o‘tirib dam olavering!
Afandining bir boy qo‘shnisi bor ekan. U boy nuqul afandiga xatlarini bepul yozdirib yurarkan.
Bir kishi so‘rabdi:
— Afandi, nega nuqul boyni xatlarini bepul yozib berasan? Axir u senga haq to‘lamaydi-ku?!
Afandi debdi:
— Agar boyni xatlarini yozib bermasam, u menga ko‘p pul to‘lay boshlaydimi???
Dorixonadagi holat:
— Yaxshi qiz, menga oq rangdagi tabletkadan bersangiz...!
— Bu yer dorixona! Oq tabletkalarimiz ko‘p, qaysi birini so‘rayapsiz?
— Ko‘p bo‘lsa, istagan birortasini beravering...