Bir kuni bir tentak uzun poyezd relsida o‘tirgan ekan. Yoniga ikkinchi tentak kelib:
— Nariroq suril, men ham o‘tiray, - debdi.
Besh yashar Sarvar otasidan so‘radi:
— Dadajon, menga maymun olib bering.
— Maymunni nima qilasan?
— Uni odam qilaman.
2 do‘st poyezdga shoshayapti.
— Poyezd jo‘nashiga qancha vaqt qoldi?
— 10 minut.
— Meni soatimda esa 5 minut.
— Unda sen tezroq yugur, bo‘lmasa poyezdga kech qolasan.
Xotin eridan so‘radi:
— Yana ichasmi-a? Yana ichasmi?
— Yo‘q. Xotin yana so‘radi:
— Ichasmi?
— Yo‘q.
— Ohirgi martta so‘rayapman, yana ichasmi?
— E, xoti—i—in, qo‘ymading qo‘ymading-da, xo‘p quy, dermish.
Ertalab turib yuvindim, kiyindim va uyga ketdim.
— Parashyutdan sakrash necha pul?
— 500 000 ming so‘m.
— Qo‘rqinchli, parashyut ochilmasa-chi?!
— Unda pulingizni qaytarib, beramiz.
Bir ayol 10-marotaba erga tegayotgan emish. Erga tegayotgan ekanu, dugonalariga qarab "shu ketishimda buzilib ketmasam bo‘ldi" depti.
Bir yigit sartaroshxonaga kirib, sochini oldiribdi.
— Mayda pulim yo‘q edi-yu, qaytimiga qo‘ltig‘ingizning tagini ham olib qo‘ysam maylimi? - dermish sartarosh.
Yigit qizga dil izhori qilyapti:
— Sen uchun hamma narsaga tayyorman, osmondagi oyni olib bering desang hoziroq olib beraman!
— Oy joyida turaversin, yaxshisi menga bitta tilla uzuk olib bering.
— Uff, shu odating yomonda, doim gapni boshqa yoqqa burasan.
2 ta student yotoqxonada turadigan bo‘libdi. Biri qiz, biri o‘g‘il bola ekan. Xonaga kirib qarashsa, xonada bitta karavat bor ekan.
Bola:
— Bir karavatga ikkalamiz, qandoq yotamiz man ketaman, - desa
Qiz:
— O‘rtamizga yostiq qo‘yib yotamiz, debdi
Ertasi kuni kinoga tushmoqchi bo‘lishibdi, borishsa bitta bilet qolgan ekan. Biletni bola qizga berib, siz eshikdan kiring debdi.
Shunda qiz:
— Siz kirmiysizmi, - desa
— Man devoldan oshib o‘taman, - debdi
Shunda qiz:
— Yostiqdan o‘ta olmadiz, devoldan qanaqa qilib o‘tasiz, dermish