Qaynona keliniga tanbeh beraverarkan:
— Ovqat qilishni bilmaysiz! O‘g‘lim bechora bemaza ovqatlarni yeb, umri o‘tyapti! Sizdek xotin bilan yashab yuribdi bolam... Men sizni yoshingizda...bilasizmi?!
Kelin:
— Bilaman oyijon. Huddi meni yoshimda siz adajonni qirqini o‘tkazgan edingiz.
Qiz yaqinda tanishgan yigiti bilan kinoga tushib, kino tugagach, so‘rabdi:
— Uyga nimada ketamiz?
— Nimada ketmoqchisiz?
— Anavi so‘z nima edi? Malibumi, Molibumi?
— Metro deng, to‘g‘ri bo‘ladi!
Bir ayolni hamkasb erkak uchrashuvga taklif qilsa, ayol unga qarab debdi:
— Nimalar deyapsiz?! Meni ertaga uchrashuvga taklif qilyapsizmi?! Turmushga chiqgan ayolman-ku axir!
Hamkasbi unga:
— Unda bugun taklif qilsam-chi? – dermish.
Uch dugona 16 etajlik domning tomiga chiqib o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lishibdi.
1-qiz o‘zini tomdan tashlabdi.
2-qiz ham o‘zini tomdan tashlamoqchi bo‘lgan ekan, 3-qiz aytibdi:
— Nega o‘zimizni tomdan tashlayapmiz, - desa, 2-qiz:
— Bilmadim, yur pastga tushganda gaplashamiz, - dermish.
Qora laylaklar Qashqadaryoda ko‘paytiriladi. buni yo‘li oson. Yozda Qashqadaryoga uchib kelgan oq laylaklar qishda qora laylakka aylanib uchib ketishar ekan.
Yosh ota tez yordamga shoshilinch telefon qilib gapira boshladi:
— Doktor, qizim ko‘k dorini ichib yubordi! Nima qilishni bilmayapman!
— Qizingiz hozir nima qilyapti? Yoningizdami?
— Ha? mana yonimda turibdi. Lablari ko‘m-ko‘k! Tishlari ham! Ko‘karib turgan tilini chiqarib menga tirjayib turibdi... Ayting, nima qilay?
— Tez suratga oling!!!
Qo‘ziqorin terib kuni bilan yurgan 2 kishi o‘rmonda adashib qolibdi. Sekin yo‘l topib, chetroqqa chiqib qarashsa, bir odam turganmush.
U odam praporshik ekan. Haligi qo‘ziqorin tergan kishilar uni oldiga kelib:
— Kechirasiz, biz adashib qoldik. Qishloqqa yetib olishimiz uchun to‘g‘ri yurib ketyapmizmi? - deb so‘rashsa, praporshik jahli chiqib:
— Qanaqasiga to‘g‘ri bo‘lsin?! Oyog‘ingizni noto‘g‘ri tashlayapsiz, tizzalarni emas, oyoqning kaftlarini yerga zarb bilan tashlab yurishingiz kerak. Umuman ikkalangiz ham baravar qadam tashlashingiz kerak.
Do‘kon kassasida turgan qizni yoniga bir kishi kelib muloyimlik bilan:
— Yaxshi qiz, ikki pachka bering. Yo‘q, uch pachka, to‘rttasini beraqoling! - debdi.
— Nimani pachkasini? Antibiotik? Sirop? Yoki... Qayeriz og‘riyapti o‘zi?
— Hozir ko‘rsataman senga qayerim og‘riyotganini! - deb shimini cho‘ntagidan qurol chiqarib:
— Kassadagi hamma pullarni ber bu yoqqa! Biz o‘g‘rilarmiz!!!
Instagramm 80 yoshida qanday ko‘rinishda bo‘ladi, bilasizmi?
Qo‘lida kenja nabirasi yoki yelpig‘ich..., kelin damlab bergan choyni ichib o‘tirgani, nafaqa pulini olayotgani, 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan tarqatilayotgan oshga taklifnomaning surati, sun’iy tishlarning rasmi, ...
Bir odam xonasida yotib, bekorchilikdan pashshalarni tutib o‘tirsa, bir sehrli pashsha qo‘liga tushib qolibdi.
— Meni qo‘yib yubor... Istagan 3 ta tilagingni bajaraman! - debdi pashsha tilga kirib.
Haligi odam debdi:
— Qimmatbaho mashinam bo‘lishini istayman!
Hovliga qarasa, yangi mashina turganmish.
— Faqat yeb-ichib yotsam deyman! - debdi yana. Oldida to‘kin-sochin dasturxon paydo bo‘lib qolibdi.
Uchinchi tilagiga debdi:
— Faqatgina yotsam, hech ish qilmasam...!
Bir payt qarasa, yana xonasida yotib, pashsha ushlab o‘tirganmish...