Afandi savat ko‘tarib bir boqqa o‘g‘irliqqa kirdi, har xil uzumlar bilan savatni to‘latib turganda, bog‘bon kelib yoqasidan bo‘g‘di:
— Nega boqqa kirding?!
Afandi undan balandroq keldi:
— Bo‘lmasa nega xotiningga kavush olib bermading?
— Iye, ali desa, bali deydi-ya, bu odam. Xotinimning kavushi bilan sening nima ishing bor?
— Qiziq odam ekansan, gapni kavlasang, gap chiqadi, o‘g‘irliqqa kirdim deymi bo‘lmasa!..
Bir kishi barga kirdi:
— Pivo bering.
— Ikki ming so‘m to‘lang.
— Nega, hamisha ming so‘mdan olardim-ku?
— Bugundan yangi qoida chiqdi, ming so‘mni futbolni rivojlantirish fondiga o‘tkazamiz.
Xaridor pulni uzatdi. Sotuvchi ming so‘mni olib, ming so‘mni qaytarib berdi.
— Pivo yo‘q.
Bir kuni tibbiyot kolleji domlasi o‘quvchilarga savol beribdi:
O‘ttiz sekundda ko‘tariladigan narsa nima? Agar shu savolga kim to‘g‘ri javob bersa yillik, choraklik bahosini besh qo‘yaman debdi.
Shunda bir qiz o‘rnidan turib:
— Iye, domla uyalmiysizmi, deb xonadan chiqib ketibdi.
Ikkinchisi:
— Domla tayiniz qolmabdi, deb u ham chiqib ketibdi,
Uchinchi bir qiz o‘rnidan turib:
— Domla buni javobi qon bosimi bo‘lsa kerak debdi, domla balli to‘g‘ri javob berdiz bahoingiz besh.
Chiqib ketgan ikkala qizga aytib qo‘ying, ular o‘ylagan narsa emas, debdi.
Tarakanlar teatrdan janjal ko‘tarib mitinga "Tomoshaga to‘ydik, non beringlar" shiori bilan chiqishibdi.
Ayting-chi, Goada bo‘lganmisiz?
— Bo‘lganman.
— Gavayi orollarida-chi?
— Bo‘lganman.
— O‘zingizni qay birida yaxshi his qilgansiz?
— Bilmasam... Hammasi bir go‘r. Ikkovida ham xotinim yonimda edi.
Televizorda Meksika seriali tugagandan keyin, xotin eridan so‘radi:
— Yigitni ko‘rdingizmi, qizni naqadar sevar ekan. Siz ham shunday seva olasizmi?
— Ha, qiz chiroyli ekan, sevsa arziydi.
Afandi tepakal edi, sochini oldirib bo‘lgach, sartaroshning qo‘liga bitta teshik tanga berib ketayotgan edi, sartarosh:
— Afandi, bu tanga o‘tmaydi, butunini bering,— dedi.
— Tanganing butunini boshimning tepasiga soch chiqqanida olasiz,—- dedi Afandi.
Poshsho bir o‘lkaga yurish qilish oldidan Afandiga buyurdi:
— Yeb-ichib yotish yetar endi, sen ham yurishga tayyorlan, Davrimiz — qilich, kamon, o‘qlar asri, gap-so‘zniki emas. Bu yurishda men bilan birga bo‘lasan!
Afandi yurishdan qoldirishini so‘rab qancha yalinmasin natija chiqmadi. Oxiri u nochor bir kamonni yelkasiga ilib, eshagiga minib poshshoning huzuriga yetib keldi. Bu ahvoldan ajablangan poshsho kulib undan so‘radi:
— Afandi, bu nima qiliq? Nahotki, ot topolmay eshak minib kelgan bo‘lsang?
— Iloji bo‘lmadi, shohim, eshagim yalinib: «Poshshoning sendan ajralgusi kelmasa, men ham sendan ajrala olmayman, sen qayerda bo‘lsang, birga borishim kerak», - deb turib oldi.
Afandining tixirligini ko‘rgan poshsho atrofdagilarga ham ta’sir qilish maqsadida:
— Yaxshi kamon olibsanu o‘qing ko‘rinmaydi.
— Uq menda yo‘q.
— Dushmanni nima bilan otasan?
— Bizga otgan o‘qlarini terib olib, o‘zlariga otaman,
— Ahmoq ekansan, agar dushman bizga qarshi sira ham otmasachi?
— Agar dushman bizga qarshi otmasa, juda yaxshi, unda urush bo‘lmaydi! Menga o‘qning nima keragi bor,— javob berdi Afandi.
Bir yigit armiyaga boribdi, sevgan qizi unga xat yozibdi:
— Jonim mendan xafa bo‘lmang, meni unuting. Biza birga bo‘lolmasakanmiz, yana meni deb o‘zizni u-bu narsa qilib qo‘ymang. Sizda meni 1-ta rasmim boriydi, o‘shani yirtib tashlang, xayr...
1 haftadan keyin qizga konvert kelibdi, konvertni ochib qarasa, 1 ta xat bilan 50 tacha har hil qizlarni rasmi kelibdi, xatda shu so‘zlar yozilgandi:
— Uzr, jonim seni eslolmadim, shu rasmlarni orasida rasming bo‘lsa o‘zing yertib tashla
— Tug‘ilgan kuninga nima sovg‘a qilishdi?
— Darvozamiz oldida turgan oppoq «Lacetti»ni ko‘rdingmi?
— Ha.
— Huddi shunaqa rang futbolka!