— Menga qara, og‘ayni, marsliklarni o‘ldirganlik uchun qamashadimi?
— Ha, lekin jinnixonaga!
Kuz, kunlar sovigan Afandini o‘g‘li do‘konga kirib sotuvchidan:
— Amaki bitta qaynoq muzqaymoq bering - debdi.
Bir kuni doktordan so‘rashibdi:
— Nega hozirgi bolalar nervnыy bo‘lib tug‘ilishayapti?
Doktor:
— Hozirgi bolalar onasini qornida:
3 oylik bo‘lguncha: — Meni abort qildirarmikin yo‘qmi?, - deb o‘ylanishadi.
6 oylik bo‘lguncha: — Dadam oyimga uylanarmikan?, - deb o‘ylanib xavotirlanishadi.
9 oylik bo‘lguncha esa: — 1 oylik stipendiyaga 3 kishi qanday yashaymiz?, - deb nervnыy bo‘lishadi
Xotininga nima sovg‘a qilmoqchisan?
— O‘zimga qolsa, hech narsa. Xotinimga qolsa, butun "Otchopar" bozorini so‘raydi.
Bir duduq do‘konga kirib AHMAD choyini olaman deb, AATKO choyini sotib olibdi.
Afandi ko‘za ko‘tarib suvga ketayotgan o‘g‘lining yuziga bir tarsaki urib: “Ko‘zani sindirma” dedi.
— Bu nimasi,— dedi xotini,— ko‘zani sindirmasdan turib nega urasiz?
Afandi javob berdi:
— Sindirgandan keyin urishning nima foydasi bor, hozir ehtiyot shart-da.
Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo‘llarini ko‘kka cho‘zib yig‘lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.
Shunda haligi kishi tezda ko‘z yoshlarini artib:
— Bo‘ldi kerakmas, o‘zim topdim, - dermish.
Azizjon minimarketda savdo qilib o‘tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so‘rarmush.
Vrach qabuliga kelgan bemordan so‘rabdi:
— Yoshingiz nechida?
— 50 ga kirdim.
— Farzandlardan nechta?
— 3 ta.
— Hammasini to‘yini ko‘rganmisiz?
— Ha, doktor! Lekin savol-javobingizdan qo‘rqib ketyapman. Kasalim jiddiymi?
— Bugun negadir kayfiyating yo‘qmi?
— Bo‘magan gap ablah!