Bolalar haqida latifalar

Bir kuni afandi farzandli bo‘libdi. Oradan bir yil o‘tibdi farzandi birinchi aytgan so‘zi "Tovuq" bo‘libdi. O‘sha kuni tovuq o‘lib qolibdi. Keyin "Sigir" desa, u ham ertasiga o‘lib qolibdi.
Afandi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim "Dada" demagin, iltimos, - debdi.
2 kun o‘tib, bolasi "Dada" degan ekan afandi uyiga kirib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Bir kun o‘tarmish, o‘lmasmish. 2 kun o‘tarmish, o‘lmasmish.
Uchinchi kuniga xotini kirib:
— Chiqing adasi. Qo‘shnimiz Qo‘chqor aka o‘lib qolibdilar, - degan ekan.
Tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchidan:
— Falon yili Angliyani kim olgan? - deb so‘rabdi.
O‘quvchi:
— Ustoz, men olganim yo‘q, - debdi.
Bundan asabiylashgan o‘qituvchi:
— Dadangni olib kel, - debdi.
Bolani otasi kelibdi. O‘qituvchi vaziyatni tushuntiribdi. Shunda otasi o‘g‘liga:
— Olgan bo‘lsang, qaytarib ber, - debdi.
Jahli chiqqan ustoz maktab direktorini oldiga ota-bolani olib kiribdi.
Hamma gapni eshitgan direktor o‘ylanib turib:
— O‘zi qaysi biring olgansan? Joyiga qo‘ymaysanlarmi!? - degan ekan.
Oyijon man mushukchamni topdim!!!
— Jinnimisan qizim, 35ga kirding, er top endi.
— Allo, Nodirni mumkinmi?
— Uxlayapti.
— Agar uyg‘onsa, do‘sting qo‘ng‘iroq qildi deb qo‘ysangiz.
— “Agar uyg‘onsa” deganing nimasi???
— Men fermerman. Yetti mingta qo‘y boqaman. U ham yetmagandek, o‘g‘lim Toshkentda o‘qiydi. Uni domlasini-yam qo‘shib boqaman.
O‘qituvchi:
— Boltaboyev, nega sen Lolani jinni deding? Qani darhol unga afsusda ekanligingni aytchi.
Bola qizni oldiga yaqinlashib:
— Lola meni kechir, jinniligingdan afsusdaman.
Er ishdan kelsa 3 yoshlik qizchasi xursand bo‘lib yugurib yoniga kelib:
— Dadajon salom! Menga nima olib keldingiz, - dedi?
Dadasi:
— Qizalog‘im hech nima ololmabman-ku senga?!
Qizcha qovogini solib:
— Bu yoqqa chiqing. Oyi eringiz keldi, - dermish!
Arab milliarderiga Germaniyada o‘qiyotgan talaba o‘g‘lidan xat kelibdi:
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilariga:
— Qo‘limda ikkita olma bor edi. Bittasini yeb qo‘ydim. Nechta qoldi? - desa, orqada o‘tirgan bir bola sinfdoshiga qarab:
— Kap-katta odam shuncha bola turganda, olmani o‘zi yeb qo‘yib, endi uyalmasdan bizdan so‘rashini qara! - dermish.
Bola kutubxonaga kirib so‘radi:
— Kechirasiz Nasaf chempionligi haqida kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Fantastik kitoblar 5-qatorda,
Bola so‘radi:
— A Neftchi chempion bo‘lgani haqidagi kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Tarixiy kitoblar 2-qatorda!