Bolalar haqida latifalar

Bolasini olib ketish uchun bog‘chaga kelgan ona tarbiyachi o‘rindiqda uxlab yotganini, bolalar esa maydonchada bir o‘zlari telefon o‘ynab o‘tirishganini ko‘rib jahli chiqib ketibdi. Tarbiyachini tepasiga borib baland ovozda:
— Bu nimasi? Hamma bolalar qochib ketishadi-ku, - desa,
Tarbiyachi:
— Tinchlaning, hech qayoqqa ketishmaydi. Chunki Wi-Fi faqat maydonchani ichida ishlaydi, - dermish.
Hayvonot bog‘i. Maymun turgan qafas yonida qizaloq oyisidan so‘radi:
— Oyi, nega maymunlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Boshqa maymunlarni qo‘rqitish uchun.
— Iye, unda siz dadamni qo‘rqitish uchun bo‘yanib olar ekansiz-da, a?
Yonida indamay ketayotgan dadasi javob berdi:
— Yo‘q qizim. Onang ko‘chadagi odamlarni qo‘rqitib yubormaslik uchun bo‘yanadi.
— Dada "Mujik" nima degani?
— "Mujik" degani - o‘zi ishlab, pul topib, oilasini boqadigan inson!
— Dada, katta bo‘lsam men ham oyimga o‘xshab mujik bo‘laman!
Ota-bola mehmonga borishibdi. Bolasi dasturxondagi uzumdan olib yebdi-da otasiga:
— Dada, uzumda “U” vitamini bor. Yeb turish kerak! – debdi.
Yana birozdan so‘ng:
— Dada, yong‘oqda “Yo” vitamini bor. Yeb turish kerak! – deb yong‘oqni paqqos tushiribdi.
Mezbondan uyalib turgan dadasi, uy egasi tashqariga chiqishi bilan o‘g‘liga bir tarsaki tushiribdi-da, debdi:
— O‘g‘lim, tarsakida “T” vitamini bor. Yeb turish kerak!
Ona besh yoshli o‘g‘liga tanbeh beribdi:
— Hadeb qo‘shnimizni uyiga chiqaverma! O‘zini bolalari ko‘p, yoqmaysan!
O‘g‘li:
— Nega endi? Har chiqqanimda, onasi:
— Kelaqol. Sen yetmay turganding o‘zi!, - deydi-ku...
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to‘xtabdi-da:
— O‘tir olib borib qo‘yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo‘laman?
— Yaxshi harbiy bo‘lasan.
Bolakay yana so‘radi
— Agar otam o‘qituvchi, onam esa bog‘cha tarbiyachisi bo‘lsa, men kim bo‘laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo‘lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o‘girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo‘r, qimorboz bo‘lsa, onang betayin buzuqi bo‘lsa, sen kim bo‘lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo‘laman, - degan ekan.
O‘qituvchi o‘quvchilarga:
— Kim 2 yoki 3 baho olsa, to‘g‘ri do‘zaxga tushadi. Kim 4 yoki 5 baho olsa, jannatga...
— Vali o‘rnidan turib:
— Ustoz maktabni tirik tugatishga umid bormi?
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada, odamlar qanday paydo bo‘lishgan?
Otasi debdi:
— Odam ato va Momo havodan...
— Oyim hamma odamlar maymundan tarqalgan deydilar-ku?! - debdi o‘g‘li.
— Oyingni qarindoshlari haqida hech nima bilmayman, - dermush adasi.
Geografiya darsida:
— Boltavoy, qani bizga Panama kanali haqida gapirib ber-chi!
— Ustoz , televizorimiz Milliy, Sevimli, My5 kanallarini ko‘rsatadi, lekin bunaqa kanalni ko‘rsatmaydi.
— Adam meni kecha ogohlantirib, — Agar yana yarim tungacha kompyuterda o‘tirsang, klaviaturaga burningni ishqalab tashlayman, - degan edilar.
Yana kompyuterda o‘tiribman. Agar hozir ko‘rib qolsalar, odypyshpzl1sh4shlvyqlmsatsfusa