Bolalar haqida latifalar

Chaqalog‘i bilan o‘ynab o‘tirgan ayol:
— Senga mazza-da... Ovqatlanasan, uxlaysan, xojatdan keyin yana ovqatlanasan, ... uxlaysan... – deb bolasiga gapirayotsa, qo‘shni xonada televizor ko‘rib yotgan eri:
— Haqqim bor! Bugun yakshanba - dam olish kunim! – dermish.
Er-xotin va o‘g‘li Samarqand shahrini aylanib yurishgan ekan. O‘g‘li onasidan so‘rabdi:
— Siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qo‘qonda.
— Ada siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qarshida.
— Men-chi?
— Toshkentda.
— Qanday yaxshi-ya! Uchchalamiz uchta joyda tug‘ilib, bir joyda uchrashib turibmiz.
— Egizaklar sizni qiynab yuborishsa kerak-a egachi? Ikkalasi birdaniga shovqin solsa...
— Yo‘q. Biri shovqin solsa, ikkinchisi eshitmaydi...
Bir kuni ikkita o‘rtoq uchrashib qolishibdi.
Biri debdi:
— Nega o‘z sinfdoshingni sudga berding?
Ikkinchisi:
— U meni yoshligimda “Begemot” deb chaqirardi. Kecha hayvonot bog‘iga borgandim, endi bildim begemot qanaqa bo‘lishini, - degan ekan.
Matematikadan mashq bajara olmaydigan bolaga kalkulyator debdi:
— Hech bo‘lmasa ikkiga ikkini o‘zing qo‘shgin!
Ustoz o‘quvchidan so‘rabdi:
— Ayt-chi, seni cho‘ntagingda ming so‘m bor. Dadangdan yana ming so‘m so‘rading. Necha puling bo‘ladi?
— Ming so‘m bo‘ladi ustoz.
— Sen matematikani yomon bilar ekansan.
— Siz meni dadamni yomon bilar ekansiz.
Uy ostonasida bolakayning ovozi eshitilibdi:
— Oyi, Oyi, O-yi-joon!
— Nega baqirasan? Mehmonxonadaman, yonimga kirib gapirsang-chi!
Bola onasini yoniga kirib borib debdi:
— Ko‘chada o‘ynayotib, loyga tushib ketdim. Hamma yog‘im rasvo. Etigimni yechib, yuvib qo‘ying...
O‘g‘li otasiga debdi:
— Ada, nega gorillaning burun teshiklari buncha katta?
Adasi o‘ylanib turib:
— Chunki gorillaning barmoqlari katta-da! – degan ekan.
Otasi uni doktorga olib boribdi. Doktor bolaga savol bera boshlabdi:
— Isming nima?
— …urod
Otasi:
— Ismi Murod. Bosh harfini gapirolmayapti, - debdi.
Doktor:
— Bolakay, adang nima ish qiladi? – desa,
otasi shosha-pisha:
— Shu savolingizga o‘zim javob beraqolay, zamdekanman, - dermush.
O‘g‘li otasidan so‘rabdi:
— Ada, menga besh ming bering.
Adasi bo‘lsa:
— Nima, to‘rt ming? Uch mingni nima qilasan? Senga ikki ming ham yetadi! Mana ming so‘m, - deb besh yuz so‘m bergan ekan!