Boshqalar haqida latifalar

Chuvalchang onasidan so‘rabdi:
— Oyi, adam qanilar?
Onasi javob beribdi:
— Otang mahalladagi erkaklar bilan baliq oviga ketdi.
Uxlagani yotishdan avval cho‘ntagimda 550 ming pulim bor edi. Ertalab uyg‘onib qarasam, 150 ming qolibdi.
Bugun uxlamayman!
— Ayblanuvchi Qodirov! Siz soliqlarni to‘lashdan aynan prokuror gapirib bergan usullar bilan qochganmisiz?
— Yo‘q. Lekin prokuror aytib bergan usullarni ham ko‘rib chiqish kerak, albatta.
Do‘konda.
— Manavi shampuningiz qanaqa sochlar uchun?
— Kir sochlar uchun!
Broller tovuqlarning bir maqoli bor:
"Yeyish uchun yashama, yeyilish uchun yasha!"
Bir kishi xiyobondagi o‘rindiqda hafa bo‘lib o‘tirsa, yonidan o‘tib ketayotgan odam so‘rabdi:
— Nega g‘amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o‘tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o‘rindiqqa o‘tirib, - nima bo‘ldi?, - desa,
— Biz o‘tirgan o‘rindiqni yaqinda bo‘yab ketishibdi, - dermish.
— Ayriliqda yashash jonimga tegdi. Muzlatgichni xonamga ko‘chirib o‘tkazaman, tamom!
Yaxshi buxgalterni topish ancha mushkul masala. Mana masalan, Vera Pavlovna, 10 yildan beri qidiruvda.
Asfalt kovlayotgan ishchidan yo‘lovchi so‘radi:
— Qanday qilib shunday shovqinga chidaysiz-a?
— E, bu hech gap emas! Men bir necha yil boshlang‘ich sinflarga dars berganman.
Ayting-chi, mehmonxonangizning xonasi qancha turadi?
— 1-qavatdagilari – 70 yevro, ikkinchi qavatda – 60, uchinchi qavatda – 50, to‘rtinchi qavatda – 40, beshinchi qavatda – 30.
— Yo‘q, rahmat. Mehmonxonangiz kam qavatli ekan.