Boshqalar haqida latifalar

SMS yozganda “Salom” soʻzida qanchalik “o” harfi koʻp boʻlsa, u inson sizni shunchalik sogʻingan boʻladi. Masalan:
— Salooooom!
Javob:
— Salm!
Bir kishi yangi turk gilamini sotib olibdi. Endi uyiga kirgan har bir odamni oyoq kiyimini yechishga majbur qilyapti.
“Albatta , axir gilam turkiyanikida”, deysizmi?
Ha toʻgʻri, lekin gilam devorga osilgan ekan-da...
Laboratoriyada saqlanayotgan skeletlar janjalashib qolishibdi. Biri ikkinchisiga debdi:
— Agar meni urib, biror joyimni koʻkartirsang, ustingdan arz qilaman!
Magazinda:
— Bitta qatiq berib yuborsangiz.
— Siz unga banka olib keldingizmi?
— Yo, tavba! U bilan gaplashasizmi hali?!
Angela Merkel:
— Putin, biz paradga bora olmaymiz.
Putin:
— Juda yaxshi, biz asirlarning ishtirokini rejalashtirmagan edik...!
Hozirgi zamon bemorlari 2 turga bo‘linadi:
Birinchisi, puli kam va tuzalmasdan, kasalxonadan tez chiqib ketadiganlar.
Ikkinchisi, puli ko‘p, lekin hecham kasalxonadan chiqa olmaydigan bemorlar!
Zamonaviy urushlarda bahosi 100000 millionlik samolyotlar 5000000 million turadigan bombalarni atigi 200 ming turadigan chaylalar ustiga tashlaydi.
— Nima uchun barcha Amerika filmlariga albatta qora tanlilar aralashishi kerak?
— Ularsiz film rangli chiqmaydi-da.
— Uyat emasmi? Ko‘rinishdan soppa-sog‘ bo‘la turib sadaqa so‘rayapsan. Ishlasang bo‘lmaydimi?
— Men ishdan keyin so‘rayapman.
Bir yigit traktor parkiga ishga kirish uchun sinov-imtihon topshirayotgan ekan. Savollarga javob bera olmagach, direktorni jahli chiqib:
— Siz o‘zi traktor minganmisiz? - desa, yigit:
— Ha, albatda minganman! - debdi.
— Qanaqa traktor mingansiz? - desa:
— Qizil traktor minganman, - debdi.