Boshqalar haqida latifalar

Bir odam qo‘shni davlatga ishlagani borib kelibdi-yu, qaytib kelgach odamlarga maqtana boshlabdi:
— Turkiya, Arabistonning hamma shaharlariga bordim. Juda miriqib dam oldim.
Qo‘shnilaridan biri debdi:
— Unda siz jug‘rofiyani yaxshi bilsangiz kerak?!
— Yo‘q! Men hali Jug‘rofiyaga bormadim. Lekin, yaqinda u yerga ham borishni rejalashtirganman, - dermish haligi odam.
Qo‘llarimni artib yurish uchun nam salfetka sotib oldim.
Ochib, bittasini oldim. Qo‘llarimni artdim keyin stolni artdim, birozdan so‘ng oyoq kiyimimni, sal turib ...
Bojxona nazoratchisi sayyohga debdi:
— Sumkangizni ichida nima bor?
Sayyoh:
— Kuchugim uchun yemish olganman.
— Ko‘rsam bo‘ladimi?!
Sayyohni sumkasi tamaki, spirtli ichimliklar bilan to‘la ekan.
Nazoratchi:
— Nima, kuchugingiz shularni yeydi deb o‘ylaysizmi? - desa, sayyoh:
— Yemasa o‘ziga qiyin! O‘zidan ko‘rsin... Och qoladi...
“Boriga baraka” ko‘rsatuvida chekka qishloqdan kelgan bir yigit ishtirok etyapti.
Dallol:
— Sizga bitta kompyuter, Arteldan barakali kir yuvish mashinasi va gaz plitasi beraman. O‘yinni shu yerda to‘xtatasizmi? – debdi.
Yigit ko‘p ham o‘ylamasdan:
— Aka, kompyuter bilan kir yuvish mashinasi kerak emas. Qishlog‘imizda svet yo‘q, gaz plitasi ham kerak emas. Unga yoqadigan gazimiz yo‘q. Yaxshi, shu sovg‘alarni o‘rniga bir mashina o‘tin bering. Oilam bilan qishdan eson-omon chiqib olardim. Bir moshina o‘tinga o‘yinni to‘xtatgan bo‘lardim... – degan ekan.
Bitta hojaka O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqibdi. Farg‘onada mehmon qilishibdi, ketishida:
— Meni mozorga oboringlar, - debdi
Oborishibdi. U mozorni ziyorat etib, tilovat qilibdi.
Keyin Samarqandga boribdi. U yerda ham hamma joyni ko‘rsatishibdi. Qaytishida yana mozorini ziyorat qilibdi.
Keyin Qashqadaryoga borib, aylanib:
— Endi mozorga oboringlar, - desa
— Bizda mozor yo‘q, - deyishibdi
— Iye, o‘lganlarni qayoqqa ko‘masizlar, - desa
— Bizda hech kim o‘lmaydi, tug‘ilib Toshkentga ketishadi, - deyishibdi.
Bugungi ob-havo ma’lumoti: Kunduzi pivo yomg‘iri yog‘ib kechga borib aroq yomg‘iriga aylanishi kutilmoqda. Sigareta tutuni tezligi sharqdan sekundiga 1/2 kmni tashkil qiladi. Tog‘li hududlarda vino yoki kon’yak sel kelishi kutilmoqda. Shu sababli cho‘ntagingizga qurt yoki sho‘r bodiring solib yurishni unutmang!
Men shunday sahiy va yaxshi insonmanki, xatto dushmanlarimning uylarida ham to‘rtadan mashina bo‘lsin bular: 101, 102, 103 va 1050.
Sochingiz to‘kilyaptimi? Uni asramoqchimisiz? Do‘konimizga marhamat qiling!
Bizda sochingizni asrash uchun chiroyli qutilar bor.
Gazetaning "Tanishuv" ruknidagi e’lon:
Ichmayman, chekmayman, ovqat deyarli yemayman, ...
Suratimni qabristondagi marmar toshlardan birida ko‘rishingiz mumkin.
— Kafega boraylik?
— U yoqqa mumkin emas.
— Baliq oviga boramizmi?
— Borish mumkin emas ovga.
— Uylanganingga afsuslanyapsanmi?
— Afsuslanish mumkin emas.