Boshqalar haqida latifalar

— Kel bitta suvara tashaylik, og‘ayni!
— Men tushunmadim, siz kreditni qaytarish niyatidamisiz, yoki yo‘qmi?
Bir kishi qafasda uch dona to‘tiqush olib o‘tirardi. Xaridor ularning narxini so‘radi.
— Birinchisi uch yuz ming. Gapiradi. Ikkinchisi besh yuz ming. U ham she’r aytadi va qo‘shiq kuylaydi. Bunisini narxi bir million so‘m. Lekin u na gapiradi, na qo‘shiq kuylaydi.
Xaridor:
— Unda nega buncha qimmat.
— Bilmadim-u, lekin mana bu ikkisi uni “ustoz” deb chaqiradi.
— Yosh mutaxassis bilan tajribali mutaxassisning qanday farqi bor?
— Yosh mutaxassis ishlashni bilmaydi, tajribalisi esa ishlamaslikni biladi.
Bir dangasadan so‘rashibdi:
— Kun bo‘yi hech narsa qilmasdan yotaverib, zerikib, charchab ketmaysanmi?
— Qanaqasiga hech narsa qilmasdan, men har zamonda u yoqdan bu yoqqa ag‘anayman - debdi.
— Har qanday qiyinchilik ertami, kechmi tugaydi. Ishonavering.
— Buni qarang-a, toza optimist ekansizmi..
— Yo‘g‘-ye, men qabristonda qorovul bo‘lib ishlayman
Poyezdda ketayotgan yo‘lovchi ehtiyotsizlik qilib, kupe eshigini qattiq yopib yuborgan ekan, soqov yo‘lovchining qo‘lini siqib qo‘yibdi.
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Hamma narsaga yuzaki qarashni o‘rgan!
Yana-yam ma’suliyatsizlik bilan qara, yana-yam...
His qilyapsanmi? Befarqlik iforini isi kelmoqda...
— Manga qara, nega san pichoqni ko‘tarib olding?
— Siz.
— Nima, nima siz?
— Uka... pichoq ko‘tarib olganga sizlab murojat qilishadi.
Bir kuni ko‘r bilan kar ovga borishibdi. Yo‘ldan chiqqan quyonni ko‘r otibdi.
Keyin qarg‘a:
— Tegdimi? - desa,
Kar:
— Otmisanmi?, - dermish.
Bir odamning to‘tisi bor ekan. Uyga kim kelsa, - bir tepay, bir tepay, - deb gapiraverarkan. Uy egasi do‘stlarini mehmonga chaqirmoqchi bo‘lib, to‘ti turgan qafas yuzini mato bilan yopib qo‘yibdi. Bir necha kundan keyin to‘ti esiga tushib qolib, matoni ochsa to‘ti:
— Tepkimni sog‘inib qoldingmi?, - debdi.