Boshqalar haqida latifalar

Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo‘lsang, uxla-da, nega telefonni ko‘tarasan?!
— Salom!
— Privet.
— Ahvolingiz qanday?
— Spasibo. Xorosho. Kak vashi dela?
— Yaxshi. Siz o‘zbekmisiz?
— Da.
— Unda nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
— Ya po-uzbekski ponimayu, no ne umeyu govorit...
— Meni itimga o‘xsharkansizda...
— V smыsle?
— Mening itim ham tushunadi, biroq, gapira olmaydi.
Bozorga non olgani tushuvdim, non sotayotgan qizlarning gaplaridan hayratga tushib qoldim. — Oka, keling, maniki yumshoq, voy, kelin, maniki sutlik, maniki dumaloq, keling maniki katta... keyin yana biri, — ishonmasangiz ushlab ko‘ring deydi.
Samolyot uchib ketyapti. Uchuvchi kabinasi ochilib, styuardessa kirib keldi.
— Komandir bir kishi eshikni ochinglar tushib qolaman deb janjal qilyapti, nima qilaylik, — desa.
Komandir so‘rapti:
— Qanaqa odam ekan o‘zi?
Styuardessa:
— Bilmayman, hamma joyi gips, xassa ko‘tarib olgan.
Komandir xotirjamlik bilan:
— Ha u odammi, mayli eshikni ochinglar u har doim shu yerdan tushib qolardi.
Bir bor ekan, ikki yo‘q ekan. Uch bor ekan, to‘rt yo‘q ekan. Besh bor ekan, oltiyam bor ekan.
Parashyutchi osmondan yerga pastlab borayotsa, oldidan qush uchib o‘tayotib:
— Raqqos yigitga salomlar! – desa, parashyutchi:
— Qanaqa raqqos? Men parashyutchiman! – debdi.
Qush bo‘lsa unga:
— Shu ketishda to‘ppa-to‘g‘ri kaktuslarni ustiga qo‘nishingni bilasanmi?! O‘shanda ko‘ramiz... - dermish.
Telefonimdagi budilnik soatini ertalabki 6:00ga to‘g‘rilab qo‘ydim.
Lekin o‘zim 5:55 da uyg‘onib, budilnikni o‘chiraman. Chunki unga “Ummon”ni ashulasini qo‘yganman...
— Qachon buyuk kelajak keladi?
— Qanaqasiga kelsin?! Axir u kelajak-ku!
Titanik cho‘kib bormoqda.
Birinchi klass yo‘lovchilari qutqarish qayiqlariga chiqib olgan bo‘lsalar-da, ikkinchi va uchinchi klass yo‘lovchilari kema kapitanining aysberglar kema uchun foydali haqidagi yolg‘on cho‘pchaklarini eshitmoqdalar.
Tasavvur qiling, siz tasavvur qilishni umuman bilmaysiz. Nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘rdingiz-a!?