Boshqalar haqida latifalar

— Nega ayollarni armiyaga chaqirishmaydi? ⠀
— Ular “erkin” degan buyruqni noto‘g‘ri bajarishadi.
Zokirboy ismli qozoq yigit Moskvaga boribdi. Aeroportida hojatxonaga kirmoqchi bo‘lib, “J” deb yozilgan eshik jigitlarniki deb eshikni tortsa, ichkaridagi rus ayol "zakrivay- zakrivay" deb ayol qichqiribdi. Zokirboy bo‘lsa “Hoy, sen meni ismimni qayerdan bilasan?" dermish.
Bir kuni gaz bilan svet turmush quribdi. Oradan bir yil o‘tib ulardan gazbalon bilan dvijok dunyoga kelibdi.
Yillar o‘tib, gaz bilan svet ajrashibdi. Svet Xitoyga, gaz esa Rossiyaga ketib qolishibdi. Bizlarga gazbalon bilan dvijok qolgan ekan.

1. Onangni otangga maskasiz ko‘rsatma!
2. Boshingga qilich kelsa ham maska taq!
3. Kelinni kelganda ko‘r, maskasini yechganda ko‘r!
4. Do‘st maska so‘raganingda bilinadi!
5. Maska bilan obod yuzing, gar bo‘lsa u vayrona ham!
6. Bir o‘zbekka ham maska kerak, ham antiseptik, deganlaridek...
7. Maskaga ishonma, maskasiz yurma!
8. Bugungi maskani ertaga taqma!
9. Maskang xalol bo‘lsa, ko‘chada taq!
10. Maskangni yashirsang, istimasi oshkor qiladi!
11. Maskasi bo‘lmasa ham aptekachining bolasi gapirsin.
12. Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham maskasi bor gapirsin!
13. Maskaning 3 kun taqilgani ham maska...
14. Er xotinning urushi, doka maskaning qurishi...
15. Maska sotsang qo‘shningga sot, u bilan o‘zing gaplashasan...
16. Maskasi yo‘q, maskasi eskiga kuladi.....
17. El og‘ziga maska tutib bo‘lmas!
18. Maskasi borning maskasi yo‘q bilan nima ishi bor?
19. Maskang kechagi bo‘lsa ham taqib ol!
20. Maskalar bor, maskalarning naqshidir, Maskalar bor, mikrob undan yaxshidir!
21. Yuzta maskasiz do‘stdan bitta maskali dushman afzal!
22. Oltin olma, maska ol, maska oltin emasmi?
23. Maskasiz birni yengar, maskali mingni!
24. Karantindan keyin maskani ... taq!
25. Maskali, senga gapiraman, maskasiz, sen eshit!

Bo‘g‘irsoq bilan quyon duelga chiqibdi.
Quyon:
— Quloqqa otish yo‘q!
Bo‘g‘irsoq:
— Unday bo‘lsa, boshga otish ham yo‘q!!!
Agar xojatxonaga kirmoqchi bo‘lsangiz-u band bo‘lsa, eshikni tortib ko‘rib “U shu yerda! Teshikdan oting!” deb baqiring.

Vaqti kelib, nevarayu evaralarimiz bizning uydan chiqmay divanda yotib, pult bilan televizorni boshqarib yotgan hozirgi paytimizdagi suratlarimizni ko‘rib, biz bilan rosa faxrlanishsa va "G‘alaba uchun rahmat!" deyishsa kerak.

Oyim menga nuqul "Uyda o‘tiraversang, hech narsaga erisholmaysan!" der edilar.
Endi esa uyda o‘tirib, dunyoni qutqaryapman.
— Seni orzuing bormi?
— Ha. Chekishni tashlashni xohlayman!
— Unda tashla!
— Keyin orzusiz nima qilaman?!
"Hayotda masofalar hech narsani hal qilmaydi" deydigan insonlarga hojatxonani uyingizdan 1 km uzoqqa quring-chi, ko‘ramiz hal qilmasligini degim keladi.