Boshqalar haqida latifalar

Seni ishing, do‘stlaring, tanish-bilishlaring bor.
Uydagi mushugingni esa sendan boshqa hech kimi yo‘q. Uyingga bor...!
Hasharotlardan qutulish uchun kerak bo‘ladi:
1. Ozgina tuz.
2. Aroq.
3. Tayoqcha.
4. Tosh.
Bir timsohni uzunligi boshidan dumigacha 10 metr, dumidan boshigacha esa 7 metr chiqarmish.
Hafta kunlari ham shunday. Dushanbadan jumagacha 5 kun, jumadan dushanbagacha 3 kun.
Men Gagarin va Nyutonning kimligini endi bildim. Birinchisi Yerdan “surmoqchi” bo‘lgan. Ikkinchisi esa bu ishdan biror foyda yo‘qligini isbotlab bergan.
Qorboboga mazzada! Bir yilda 1 haftagina ishlaydi. qolgan vaqt dam oladi.
Buyurtmachi tayyor binoni qabul qilib olayotib 50 metr yerga qazib qurilgan quduqni ko‘rib qolibdi. Quduqni atrofini g‘isht bilan o‘rab, oxiriga katta chiroq ham o‘rnatilgan emish.
— Bu nima? – deb so‘rabdi prorabdan.
— Mana siz bergan loyiha chizmasi bo‘yicha qurdik, - deb chizmani uzatibdi prorab.
Buyurtmachi chizma tushirilgan qog‘ozni 180 graduska aylantirib:
— Axir bu 50 metrli minora edi-ku! – degan ekan.
Qani edi...:
Taksichi gapirmay ketsa.
Sartorashing har safar "Qanaqa qilib kesamiz?" deb so‘ramasa.
So‘nggi xabarlardan biri:
Aniqlashlaricha, hamma dinazavrlarni ko‘rinishi bir xil bo‘lgan. Faqat hamma arxeologlar suyaklarni har xil qilib yig‘gan ekanlar.
— Nega ishga kech qolib kelyapsiz?
— Uydan kech chiqgandim...
— Ertaroq chiqsangiz bo‘lmaydimi?
— Ertaroq chiqishga kech bo‘lgan edi.
— Ular anchadan buyon birgami?
— Kimlarni aytyapsan?
— Qoshlaringni!