Erkaklar haqida latifalar

Erkak do‘stidan so‘radi:
— Xotiningga 8 martda nima sovg‘a qilding?
— Erkinlik sovg‘a qildim, erkinlik!
Bolakay otasidan so‘rabdi:
— Dada, 2 ta savol bersam maylimi?
— Mayli, so‘ra!
— Birinchisi - menga yangi o‘yinchoq olib berasizmi? Ikkinchisi - nimaga yo‘q?
Bir kuni ikki kishi bitta sigirni talashib qolibdi. Sigir kimniki ekanini aniqlash uchun qoziga murojat qilishibdi. Ikki kishi bo‘lsa sigirni bir u tomonga, bir bu tomonga tortarmish. Qozi bo‘lsa o‘rtada sigirni sutini sog‘ib turgan ekan.

Bugun ertalab xotinim:
— Dadasi, bugun oyim mehmonga kelar ekanlar, - dedi.
Men o‘zimni iloji boricha xotirjam tutib:
— Onajonimiz necha yoshda edilar? - desam, xotinim:
— 58 yoshdalar, - dedi.
Men yanada bosiqlik bilan:
— Eshitmayapsanmi xabarlarni? Koronavirus 50 yoshdan oshganlarda ko‘p uchraydi.
Mehmondorchiliklar ham vaqtincha to‘xtatilib turilishini-chi, eshitdingmi o‘zi!?
Onangga ayt, men ular haqida qayg‘uryapman, - dedim-da ancha yengil tortdim.
Bu so‘zni 16 yildan buyon shunaqayam aytgim kelardiki...

Tiqilinch avtobusda bir kishi o‘kirib yo‘talsa, yonida turgan ayol jahl bilan:
— Ishqilib karonavirusmasmisiz?! Niqob ham taqib olmabsiz! - desa, haligi odam:
— Yo‘q. Menda tuberkulyozning ochiq shakli, - debdi.
— Ha, unday bo‘lsa mayli-ku ... - degan ekan haligi ayol.

Er-xotin aeroportda yuklarini topshirmoqda. Er xotinini yuklarini ko‘rib:
— Xotin, uydagi kiyim shkafingni ham olib ketyapsanmi? - debdi.
Xotini:
— Yo‘q. Nima edi? - desa, eri:
— Usha shkafda aviachiptalar qolib ketibdi-da, - dermish.

Qizaloq:
— Adajon, muzqaymoq olib bering.
Ota:
— Yo‘q qizim! Muzqaymoqqa pulimiz yetmaydi.
Qizaloq:
— Nimaga yetadi unda?
Ota:
— Faqat go‘shtga yetadi!
Bir erkak bozorga borib tarvuz sotib olmoqchi bo‘libdi.
Bitta tarvuzni chertib ko‘ribdi, ikkinchisini chertib ko‘ribdi, uchinchisini...
Bir payt xotini shang‘illab:
— Dadasi, bo‘ldi-da endi, uyg‘oning! Boyadan beri boshimga chertaverib xunob qildingiz-ku! - degan ekan.
Yigit:
— Men sizni sevaman.
Qiz:
— Kim bu?
Yigit yana:
— Men sizni juda qattiq sevaman.
Qiz:
— Kim bu deyapman? Menga bunday SMSlarni yozmang!
Yigit:
— Meni ikkita Kaptivam bor.
Qiz:
— Men ham sizni sevaman.
Yigit:
— Kim bu?
— Seni orzuing bormi?
— Ha. Chekishni tashlashni xohlayman!
— Unda tashla!
— Keyin orzusiz nima qilaman?!