Erkaklar haqida latifalar

Qadrli erkaklar!
Agarda begona ayollar sizningcha o‘zingizni xotiningizdan yoshroq, chiroyliroq va ko‘rkamroq ko‘rinsa, demak ularning erlari yaxshi ekan! Sizlarga o‘xshagan emas!

Bir kishi omborida qo‘lbola aroq tayyorlar ekan. Chelakni ko‘tarib suvga chiqib ketib qaytib kelib qarasa, ikkita militsioner turganmish.
— Hm, samogon qaynatyapmizmi? – deyishibdi ular. – Tushuntirish xati yoz!
— Nima deb yozay?
— Borini yoz! Qanday bo‘lsa shunday!
Haligi kishi shunday deb yozib beribdi:
“Qarasam ombordan tutun chiqyapti. Yong‘in deb o‘ylab, chelakni suvga to‘ldirib chopib kelsam, ikkita melitsiya qo‘lbola aroq qaynatib o‘tirishgan ekan...”

Jangchi:
— Agar jang davomida patron tugab qolsa nima qilaman?
Praporshik:
— Dushmanni chalg‘itish uchun o‘t ochishni davom ettirasan.
Boshliq majlis o‘tkazyapti:
— Sattorov! Siz umuman ma’suliyatni his qilmayapsiz! Ishga kech kelasiz! Topshiriqlarni bajarmaysiz! Bunday davom etaversa, siz bilan birga ishlay olmaymiz! - desa, Sattorov o‘rnidan turib:
— Boshliq, qayoqqa ketmoqchisiz? - dermish.
Erkaklar xotinining "Mensiz qanday yashagan bo‘lardingiz-a?!" degan doimiy savoliga shirin hayollar bilan kulib qo‘yganini sezganmisiz?

— Men uydaman, siz qayerdasiz?
— Men majlisdaman.
— Iye, qanaqa majlis? Axir shifokorlar bir yerga to‘planmanglar deyapti-ku!
— Ha, biz odamlarni bir yerga to‘planmasligi to‘g‘risida majlis o‘tkazyapmiz.

Xotin eriga:
— Menga uylanishni kim maslahat bergan sizga?
Eri:
— Eslolmayman. Dushmanlarim ko‘p meni...!
Messi:
— Siz to‘pni qayerga tepasizlar?
O‘zbek futbolchilari:
— Sen ko‘zingni yumib qayerga tepsang, biz ham o‘sha yerga tepamiz.
Xotin eriga:
— Bo‘ldi, men ketyapman.
Er:
— O‘zi anchadan beri qovoq-tumshuq qilib yurganingni sezgandim. Qayoqqa ketasan? Onangni uyiga borasanmi yana?
Xotin:
— Adasi, nimalar deyapsiz? Do‘konga ketyapman...
Er:
— Ha, shunaqami!? Qaytishingda menga ham biror narsa olib kelarsan...!
— Xotin, raqsga tushma!
— Nega dadasi?
— Nima qilyapsan? Senga gapiryapman! Qo‘llaringni tushir!
— Zo‘r musiqa ekan dadasi...
— Rulni ushla! Qayoqqa haydayapsan?!