Erkaklar haqida latifalar

Bir yigit uylanib, do‘sti bilan gaplashib qolibdi. Do‘sti so‘rabdi:
— Mana uylanding, endi baxtlimisan?
Uylangan yigit:
— Kim uylanib baxtli bo‘libdi?
— Kashey. Chunki uni qaynonasi bo‘lmagan.
Xotini eri yana uyga mast bo‘lib kelganini ko‘rib janjal qilibdi:
— Ikkinchi ichmang deb aytgandim-ku sizga!
Bo‘ldi endi uyimga ketaman!
Eri xotinini tinchlantirib:
— O‘zingni bos xotin! Men ikkinchi ichmadim, birinchi ichdim. Ulfatlarim ikkinchi ichdi, - dermish.
Qamoqxona boshlig‘i:
— Xo‘sh mahbuslar! Bugundan boshlab qamoqxonada uch martta ovqatlanish tartibi joriy qilindi.
Mahbuslar:
— Qoyil!!! Zo‘r-ku!
Qamoqxona boshlig‘i:
— ya’ni dushanba, chorshanba, juma!
Ikkita odam liftga qamalib qolibdi:
Birinchisi:
— Hamma tugmani bosdim. Nimagadir ochilmadi, - debdi.
Ikkinchisi tugmalardan biriga boshini uribdi. Keyin lift eshigi ochilibdi.
Shunda sherigiga:
— Ko‘rdingmi? Boshni ishlatish kerak! - dermish.
Er xotiniga:
— Mana xotin, seni hamma orzularing ushaladi!
Uy-joy, mashina, yangi ko‘ylaklar!
— Endi mazza qilib yashar ekanmiz-da, - debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Shuncha yangi narsaga eski erni nima qilasan, - dermish.
Erini uydan haydab yuborgan xotini orqasidan baqirayotganmish:
— Bir umr qiynalib o‘tgin! Kosang oqarmasin!
Shu payt eri xotiniga qarab:
— Demak, yana sen bilan yasharkanman-da! Uyga qaytib kiraveraymi?
Bir yigit muzqaymoq yeb o‘tirsa, chiroyli qiz o‘tib qolibdi:
— Yaxshi qiz, chiroyli ekansiz! Tanishsak bo‘ladimi? - desa, qiz:
— Men qo‘lingizdagi muzqaymoq emasman, yaxshi gaplarga erib ketadigan, - deb o‘tib ketibdi.
— Ayolning erkakdan farqi qoldimi?
— Ha, qoldi.
— Nima?
— Ayol ona bo‘lganini darrov biladi. Erkak esa bir umr bilmasligi mumkin.
Insonga alam qiladigan narsa nima bilasizmi?
Bir akaxonga mehr qo‘yib, doim yonida girdikapalak bo‘lsang-u, kutilmaganda o‘sha marazni egallab turgan lavozimidan bo‘shatib yuborishsa.
Shunaqa alam qiladi...

Bir odam mazza qilib uxlab yotgan ekan, xotini uni uyg‘otib "TUring, uyqu doringizni ichib oling" degan ekan.