Erkaklar haqida latifalar

Bir kishi xotinidan "to‘yib" ketganidan do‘konga o‘g‘irlikka tushibdi. Qamoqda o‘tirsam, xotinimdan nariroq bo‘laman deb o‘ylabdi.
Lekin sud unga 3 yil uy qamog‘i hukmini o‘qibdi.
Avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi o‘ziga-o‘zi dermish:
"Hammamiz uyda o‘tirganimizda ko‘chalarda mashinalarimiz bemalol yurardi-ya..."
Qurilish maydoni. Tepadan pastdagi sherigiga g‘isht tashlagan ishchi uni chaqiryapti:
— Qosim! Qosim!?
— ...
— Tashlagan g‘ishtimni ushlab oldingmi?
— ...
— Tepadan senga g‘isht tashladim. Ushlab oldingmi?
— ...
— Ushlab olmaganga o‘xshaydi...!
— Seni shunchalar sevamanki, ismingni uyimni hovlisiga yozib qo‘ydim.
— Shunchalik sevsang, uyingni meni nomimga yozdirib ber!
Pastga tushib ketgan alpinistga tepada qolgan sherigi qichqiryapti:
— Valijon tirikmisan?
— Ha tirikman!
— Qo‘l-oyoqlaring butunmi?
— Ha!
— Unda tepaga chiqaqol!
— Iloji yo‘q! Hali yerga tushmadim...
Bir kishi jon beray deb yotsa, oshxonadan shirin taomni hidi dimog‘iga urilibdi.
— Nima pishirayotganding? - debdi xotiniga.
— Osh boshlab qo‘ydim, - debdi.
— Tezroq guruchini damla! Shu oshdan yeb ketay, - desa, xotini:
— Yo‘q, oshni azaga keladiganlarga tayyorlayapman, - degan ekan.
Juda rashkchi xotin eri o‘ziga kotiba qidirilayotganini bilib qolibdi:
— Yosh va chiroylisini olmang! Iloji boricha xunuk, qari va semiz kotiba tanlang! - desa, eri:
— Bo‘pti! Dushanbadan o‘zing ishga chiqaver, - dermish.
Haydovchilik guvohnomasi olishga imtihon topshirib kelgan xotinidan eri so‘rabdi:
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? Topshirdingmi?
— Yo‘q! - debdi xotini.
Eri:
— Qovun tushurdingmi? - desa, xotini:
— Qovun emas, daraxt tushdi. Mo‘rt ekan, mashinam tegib ketgandi, tushib ketsa bo‘ladimi? - debdi.
Eshik taqillabdi. Ayol ochsa, bir yigit turganmish.
— Balkon oynalariga panjara o‘rnatmoqchidim, - debdi yigit.
Ayol:
— Axir bizni uyimizda usta ishlayapti, - desa, yigit:
— O‘sha menman! Balkondan pastga tushib ketdim, - debdi.
Bog‘cha bolalari kasallikka qarshi emlanibdi. Bir bolakay spirtli paxtasini olib hidlayotganmish.
— Nega unaqa qilyapsan? - deyishsa, bolakay:
— Adamni hidi kelyapti, - dermish.