Erkaklar haqida latifalar

Men bir umr ayolimni ishlab pul topishiga qarshi bo‘lganman.
Shuning uchun ham biz kambag‘almiz.
— To‘ydan avval bir kunda meni besh daqiqa ko‘rsangiz ham juda baxtli edingiz, - debdi xotin eriga.
— Hozir ham baxtli bo‘lardim, - debdi eri.
Ertalab soat 4.00da uyga qaytib kelgan er sekin yotoqxonaga kirib yotmoqchi bo‘lib tursa, xotini uyg‘onib ketibdi.
— Nega buncha erta turyapsiz? - debdi.
Er:
— Osh boridi nahorda, - debdi-da, turib kiyinib chiqib ketgan ekan.
Ikkita erkak kishi narigi dunyoda uchrashib qolibdi.
— Sen nimadan o‘lgansan? - debdi biri.
— Men muzlab qolganman, - debdi.
— Sen-chi? - debdi.
— Xursandchilikdan yuragim yorilib ketgan, - debdi.
— Qanaqa qilib? - debdi.
— Bir kuni komandirovkaga ketdim dedim-da, kechqurun to‘satdan uyga qaytib keldim. Xotinimni tekshiraman deb yugurib uyga kirdim. Hammomga qaradim. Shkaf ichini tekshirdim. Hech kim yo‘qligini ko‘rib xursandchilikdan yuragim yorilib o‘lib ketdim, - debdi.
Shunda sherigi:
— O‘shanda muzlatkichni ochib ko‘rganingda, hozir ikkalamizam tirik yurardik, - degan ekan.
Dushmanlar uchta razvedkachimizni ushlab olishibdi.
Birinchisi maxfiy parolni 2 soatda aytib qo‘yibdi. Ikkinchisi 5 soatdan keyin qiynoqqa chidolmay aytib beribdi.
Uchinchisi urushga borgan Afandi ekan. Afandini bir kun qiynashsa ham aytmabdi, ikki kun qiynashsa ham aytmabdi.
Yerto‘laga tashab qo‘yishsa, boshini devorga urib "Esla, esla!" dermish.
— Nega boshingni urasan? - deyishibdi.
Afandi:
— O‘zimam esimdan chiqarib qo‘ygandim-da, - degan ekan.

Ronaldo bolalariga "Ishga ketyapman" deb, futbol o‘ynagani borarkan.

Ikkita o‘zbek Fransiyaga borib restoranga kiribdi.
— Fransuz tilini bilmaymiz-ku, qanday qilib buyurtma beramiz? - debdi biri.
Sherigi:
— Shoshmay tur! Hozir boplayman, - debdi va ofitsiantni chaqirib:
— Lya salat, lya tovuq, lya non, lya choy, - debdi. Ofitsiant tez fursatda hamma aytgan narsalarni olib kelib beribdi.
— Ko‘rdingmi! Men bo‘lmasam nima qilarding?! - debdi buyurtma bergan o‘zbek sherigiga va ofitsiantga:
— Lya rahmat! - desa, ofitsiant:
— Lya osh bo‘lsin, aka! - degan ekan.
— Nega qo‘shningizni Big Bon deysizlar?
— Chunki u bilan aroq ichsak, 3 daqiqada tap-tayyor bo‘ladi.
— Ada, menga ham birorta yigit uylanarmikin?
— Uylanadi qizim! Onangdan so‘ra-chi, sehr-jodu qilib yigitlarni boshni aylantiradigan duo esidan chiqib ketmaganmikin?!
— Oyim shunday duoni biladilarmi?
— Albatta biladi. Shu paytgacha qanaqa qilib unga uylanganimni tushunolmayapman-ku!
Badavlat odamdan so‘rashibdi:
— Boyib ketganingizni siri nimada?
— 10 yil ablah bo‘lganman.
— Keyinchi?
— Keyin ablah bo‘lib qolaverganman!