Erkaklar haqida latifalar

Ishdan qaytgan er xotiniga debdi:
— Bugun ertalab shunchalik achchiq qahva damlab beribsanki, ishda umuman uxlolmadim.
Qo‘shnimnikiga kirsam, xotini qo‘y go‘shtidan sho‘rva qilgan ekan. Meni ko‘rib ensasi qotdi.
— Adasi kelaqoling, ovqat pishdi, - dedi-da, eriga bir kosada sho‘rva, bir laganda go‘sht olib kelib yoniga qo‘ydi. Qornim och, nima qilishni bilmay, ichimda “Shoshmay tur!” deb tursam, qo‘shnim:
— Go‘shtdan oling, - deb qoldi. Lagandagi go‘shtga qo‘l uzatib bir bo‘lagini tishladim-u, “Voy-dod” deb yerga ag‘anadim.
Shu payt qo‘shnim meni ko‘rib qo‘rqib ketdi-da, xotiniga:
— Sen jodugar meni zaharlamoqchi bo‘ldingmi? – deb o‘dag‘aylab quvlab ketdi.
Sekin o‘rnimdan turdim-da, sho‘rva va bir lagan go‘ shtni paqqos tushirib “Ziqna bo‘lish shunaqa bo‘ladi!” deb uyimga jo‘navardim.
Haqiqiy yigit kishini tarbiyalash qanday qiyin?!
Ayniqsa, u qaynonangizning o‘g‘li bo‘lsa.
Bir kuni ayol erini yoniga kelib:
— Qarang dadasi, armiyada menga yozgan xatlaringizni topib oldim, - debdi.
Eri xatlardan birini o‘qiy boshlabdi:
“Meni go‘zalim! Seni sog‘indim. Yaqinda xizmatim tugaydi. Qaytib borganimda sen bilan har doim uchrashadigan joyimizda ko‘rishamiz...”
Er xatni o‘qishdan to‘xtab, xotinini do‘pposlay boshlabdi.
Xotini:
— Nima bo‘ldi dadasi?! – desa, eri:
— Bular nima? Axir men armiyaga bormaganman-ku!? – dermish.
Badavlat odam uyga qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Senga 2 ta yangiligim bor. Biri-yaxshi, ikkinchisi yomon!
— Mayli, yomonidan boshlayvering! – debdi xotini.
— Bugun kozinoda o‘ynab, bor boyliklarimni yutqazib qo‘ydim. Yaxshi yangiligimni eshit! O‘sha kozinoni o‘zi menga tegishli bo‘lib chiqdi...
Bir kun er-xotini urishib qolibdi.
Eri bir varroq qog‘oz olib, xotiniga “Xotin, ertaga meni soat 8:00 da uyg‘otgin” deb xat yozib stolga qo‘yib uxlashga yotibdi.
Ertalab turib, soatga qarasa 10:00 bo‘lganmish. Oshxonaga chiqib, stol ustida bir varoq qog‘ozni ko‘ribdi. Unga xotini shunday deb yozib ketgan ekan:
“Dadasi turing, soat 8:00 bo‘ldi”.
Samarqandlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi.
Opaning ko‘chasidan tramvay o‘tar ekan, tramvay har o‘tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo‘lib, qo‘shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so‘rabdi.
Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o‘tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi.
Yangi shifonerni ko‘rib, eshigini ochib qarasa ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi.
Shunda er achchig‘i chiqib:
— Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o‘tiribsan?, - desa.
Usta:
— E, qo‘shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o‘tiribman, - dermish.
5 yoshli bola podshoh, sultonlar haqida kitob o‘qib turib onasiga:
— Men ham katta bo‘lsam, 5ta xotinim bo‘ladi. Bittasi kirimni yuvadi, bittasi uy tozalaydi, yana biri ovqat qiladi, - desa
Onasi:
— San qaysi biri bilan uxlaysan? - debdi
— Man hech qaysi biri bilan uxlamayman, man oyijonim bilan uxlayman, - debdi.
Onasini ko‘zlari yoshlanib: "O‘zimni mehribonim, g‘amxo‘rim, - debdi,
— Unda 5ta xotining kim bilan uxlaydi? - desa
— Adam bilan uxlaydi hammasi, - debdi
Otasini ko‘zlari yoshlanib:
— O‘zimni mehribonim, - dermish
Qaynona kuyoviga:
— Agar sen meni erim bo‘lganingda, senga zahar bergan bo‘lardim, - desa.
Kuyov:
— Agar siz meni xotinim bo‘lganingizda, o‘sha zaharni o‘zim ichgan bo‘lardim.
— Xotinjon, iltimos menga qarab yot.
— Yo‘q, qaramayman, siz sarimsoq yegansiz!
— Sen esa yotishdan oldin, bir kosa noxat sho‘rva ichding, nafas ololmayapman.