Haqiqat-adolat haqida latifalar

Qirq yoshlardan oshgan yigit uylanib, to‘ydan keyin kelin bilan gaplashib o‘tirganmush:
— Azizam, sizga to‘g‘risini aytaman, meni qandli diabetim bor, surunkali gepatitim, gaymoritim ham bor...
— O‘zi nimangiz yo‘q?, - so‘rabdi kelin.
— Sochim yo‘q. Parik kiyganman. Tishlarim ham yo‘q. Protez taqib oldim.
Afandining xunukroq bir xotini bor ekan. U do‘stlarini yonida xotinini "go‘zalim”, "quyoshim” derkan. Bir kuni Afandidan do‘sti so‘rab qolibdi.
— Do‘stim, xotining chiroyli bo‘lmasa, nega endi uni "go‘zalim”, "quyoshim" deysan?
— Bilasanmi, quyoshga qarab bo‘lmagani kabi bizning xotinga ham qarab bo‘lmaydi-da!
Hurmatli erkaklar! Agar ayolingiz ixcham, chaqqon va serharakat bo‘lishini xohlasangiz, qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirmang!
Xotin oshxonada tushlik tayyorlab tursa, eri divanda gazeta o‘qiy boshlabdi:
— Olimlarni aniqlashlaricha, erkaklar bir kunda 10 ming, ayollar esa 20 mingta so‘z aytishar ekan.
Xotini:
— Chunki biz ayollar tentak erlarimizga bitta gapni ikki martta takrorlashimiz kerak-da...
Eri:
— Nima deysan xotin???
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eri qayerdaligini har doim bilib turadigan ayol kim bo‘ladi?
Donishmand javob beribdi:
— U ayol beva bo‘ladi!
Tongga yaqin uyiga kirib kelgan erga xotini dedi:
— Qayerlarda yuribsiz? Tuni bilan uxlolmay chiqdim!
Er:
— Meni uxladi deb o‘ylaysan-mi!?
Bir kishi xotinini stomatologga olib boribdi. Stomatolog hazillashib:
— Kenayi, tishlaringizni eringiz urib to‘kib tashladimi? - debdi. Shunda ayolni eri:
— Uka, seniki hozircha butun ekan. Tilinga ehtiyot bo‘l! - dermish.
Bir oligarx kasodga uchrab, bu haqda rafiqasiga ma’lum qilibdi.
— Bilasanmi, biz "Mersedes"ni sotib, "Lada" sotib olishimizga, Rublyovkadagi dang‘illama uyimizni sotib, Moskvadagi kvartiramizga ko‘chib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq sen meni shunda ham sevaverasan-ku, to‘g‘rimi?.
Rafiqasi esa unga:
— Ha sevaveraman va juda sog‘inaman, - deb javob qaytaribdi
— Xotin, bo‘ldingmi? Buncha imirlaysan? Mehmonga kech qolamiz axir!
— Juda besabrsiz-da...! Ikki soatdan beri sizga aytyapman-ku, ikki daqiqada bo‘laman deb!
Ayrim ayollar ertalab oshxonaga chiqganlarida u yerda erini ko‘rishsa, "Tinchlikmi?" deb so‘rashadi...