Hayvonot haqida latifalar

Ilon o‘ynatuvchining yoniga bir kishi kelib so‘rabdi:
— Dunyodagi eng zaharli ilon bilan ham gaplasha olasizmi?
— Albatta, - debdi ilon ustasi. Keyin ayoliga telefon qilib debdi:
— Onasi kelgunimcha osh damlab qo‘y, - debdi-da, haligi kishiga qarab, - ko‘rdingmi, gaplashdim, - debdi.
Samolyotda hayvonlar uchib ketayotishgan ekan. Sher hammasini yigʻib debdi:
— Kim salonda sigaret cheksa, samolyotdan tashlab yuboraman.
Bir payt oq qush chekib oʻtirgan ekan. Yoniga quyon kelib:
— Nimaga sigaret chekyapsan? Sher koʻrib qolsa, samolyotdan tashlab yuboradi, - desa, oq qush:
— Qoʻrqma! Chekaver! Hech narsa qilmaydi, - debdi.
Ikkalasi chekib oʻtirsa, sher kelib qolib, samolyotdan otib yuboribdi.
Oq qush quyonga qarab:
— Uchishni bilasanmi? – debdi.
— Yoʻq... – debdi pastga tushayotgan quyon.
— Uchishni bilmasang, nima qilarding chekib?! – deb uchib ketgan ekan.
Bir odamni it tishlab oldi. U doktorga bordi.
— Sizni quturgan it tishlabdi, - dedi doktor.
Shunda haligi odam qog‘ozga shoshib bir nimalarni yoza boshladi.
— Nima, vasiyatnoma yozyapsizmi? - so‘radi doktor. Havotirlanmang, tuzalib ketasiz.
— Men tuzalgunimcha tishlashim kerak bo‘lgan odamlarning ro‘yxatini tuzyapman.
Sigir yong‘oq daraxtga chiqib ketayotgan ekan mushuk ko‘rib qolib, so‘rabdi:
— Hoy sigir, nega daraxtga chiqyapsan?
Sigir:
— Olma yemoqchiman, - debdi.
— Iye, bu yong‘oq daraxti-ku?! - so‘rabdi hayron bo‘lib mushuk.
Sigir bo‘lsa:
— Olma o‘zimda bor, - dermish.
Afandi bir kuni tovuqlariga qarab hayol surib o‘tirsa, xotini ko‘rib:
— Nimani o‘ylab o‘tiribsiz, - debdi.
Afandi:
— Biz eng oliy mavjudod bo‘la turib, shu parandalarchalik bo‘la olmaymiz. Qara, bitta xo‘rozni qirqta xotini bor, bolalari esa behisob bo‘lsa ham, hech qaysi biriga aliment to‘lamaydi va eng qizig‘i birorta ham qaynonasi yo‘q, - debdi.
O‘rmonda katta bayram bo‘layotgan ekan. Hamma hayvonlar xursand! Ayniqsa, ayiq hammadan ko‘proq quvonib yurganmush. Nima gapligini so‘rashsa:
— Masha turmushga chiqyapti, - dermish ayiqvoy.
Bir odam veterinarni mazah qilmoqchi bo‘libdi:
— Siz mol doktorimisiz?
— Ha, qayeringiz og‘riyapti?
Er-xotin ovqatlanib o‘tirishsa, xotini kosadagi ovqatini kiyimiga to‘kib yuboribdi:
— Voy qarang, huddi cho‘chqaga o‘xshayman-a..., - debdi xotini.
— Ha! Aniqrog‘i ust-boshiga ovqat to‘kilgan cho‘chqaga..., - dermish eri.
Hayvonot bog‘ida fil yo‘qolibdi. Politsiya boshlig‘iga uni topishga 3 kun muhlat berishibdi. Muhlat o‘tdi, Politsiya boshlig‘idan:
— Filni topdinglarmi? - deb so‘rashibdi
— Ha, albatta topdik-da, - deb
Xonaga quyonni olib kelishibdi
— Iye, shu filmi?
Quyon havotirda:
— Ha, men filman! Filman! faqat urmanglar meni!
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yoʻl olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni oʻzingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga boʻsa hadya etsangiz, men goʻzal qizga aylanaman...
Amaki oʻylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin boʻsani hayolingdan chiqar! Goʻzal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yoʻq!