Hayvonot haqida latifalar

Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Qish, izg‘irin sovuq ekan. Ko‘chada ikkita eshak ketayotsa, yonidan kalta yubka kiygan bir qiz o‘tib ketibdi.
Shunda birinchi eshshak ikkinchisiga qarab:
— Qara, bizdan ham terisi qalin jonivorlar bor ekan-a? - dermish.
Xusan, do‘stidan hafa bo‘lib, shunday dermish:
— Iting senga do‘st bo‘lsa yaxshi, lekin do‘sting it bo‘lsa yomon.
Bir kishi poyezdga qo‘yni sudrab chiqayotsa, provodnik so‘rabdi:
— Bu qo‘yni qayoqqa sudrab ketyapsiz?
Haligi odam javob beribdi:
— Qo‘y Toshkentda o‘qiydi! Bu-pora...
Fermada sigirlarni erkak fermer sog‘sa, xo‘kizni rashki kelar emush...
Itingizga qarasangiz bo‘lmaydimi, qo‘shni? Kecha shunaqangi hurdiki, qizim qo‘shiq aytish mashqini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo‘lib boshladi.
Bir hayvonlar mamlakatida qaysi hayvon gunoh ish qilib qo‘ysa sochi olinib tashlanar ekan. Bir kuni sher gunoh ish qilib, sochi olinganda hamma ustidan kulibdi. Shu payt u o‘rmonda aylanib yursa, yo‘lidan sichqon chiqib qolibdi. Sher unga:
— Ey sichqon, men mushukka o‘xshaymanmi? – debdi. Sichqon bo‘lsa:
— Haddingdan oshma! Men tipratikanman, — deb baqirib beribdi.
O‘rmonda bir maymun banan po‘chog‘ini suvda yuvib o‘tirsa, ayiq kelib debdi:
— Nima qilyapsan?
Maymun:
— Ming so‘m bersang aytaman, - debdi.
Qiziqib ketgan ayiq maymunga ming so‘m berib:
— Endi aytaqol, banan po‘chog‘ini nima qilyapsan? - desa, maymun:
— Yuvyapman, - debdi.
Shunda ayiq kulib:
— Aqldan ozdingmi? - debdi. Maymun bo‘lsa unga javoban:
— Aqldan ozganmanmi, yo‘qmi, lekin kuniga o‘n ming pulim bor, - dermish...
Bir kuni quyon o‘rmonga yangi Kaptiva minib kelibdi. Bo‘ri va boshqa hayvonlar qiziqib:
— Qaysi pulga olding, - deb so‘rashibdi, shunda quyon:
— Bir necha yil pul to‘plab oldim, - debdi. Bo‘riga qarab:
— Sen ham aroq ichavermay, pulingni to‘pla, - deb ketibdi.
Ertasiga o‘rmonda shovqin-suronmish. Hayvonlar qarasa bo‘ri vertolyotda uchib kelibdi.
Hamma hayvonlar vertolyot uchun buncha pulni qayerdan olding, - deb so‘rashibdi. Shunda bo‘ri, — Hamma aroq shishalarimni topshirib yubordim, - debdi.
Samolyotda qarg‘a, sher va bo‘ri ketayotgan ekan.
Qarg‘a sherni ustidan kulib, haqorat qilibdi. Buni ko‘rgan bo‘ri ham sherni haqorat qilgan ekan, sher uni samolyotdan uloqtirib yuboribdi-da debdi:
— Uchishni bilmasang, nima qilarding ustimdan kulib?!